Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundterck
. Pazanda - Im Loving You
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Tanho malagim - Soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda yangi ta’sis etilgan “Ehtirom” mukofoti bilan 34 ijodkor taqdirlandi


Madaniyat vazirligining madaniyat va san’at sohalaridagi “Ehtirom” mukofoti sohiblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Vazirlik faol va samarali ijod qilayotgan san’at va madaniyat vakillari hamda o‘z ijodiy tajribasi bilan yoshlarga ibrat bo‘layotgan ustoz san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida “Ehtirom” mukofotini ta’sis etgandi.

O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov hamda Yulduz Usmonova “Yil estrada xonandasi” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan bo‘lsa, O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva “Yil an’anaviy qo‘shiq ijrochisi” nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi.

O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Yayra Abdullayeva “Sahnamiz farishtasi”, O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev “Yil rejissori” nominatsiyalari g‘olibi bo‘ldi.

“Yil dramaturgi” deb O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, yozuvchi Qo‘chqor Norqobil e’tirof etilgan bo‘lsa, “Kreativ loyihalar muallifi” sifatida esa O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi direktori Firdavs Abduxoliqov ko‘rsatildi.

Mukofot “Yil spektakli”, “Yil aktrisasi”, “Yil aktyori”, “Yil klipmeykeri”, “Yil raqqosasi”, “Yil folklor jamoasi”, “Yil teleradiojurnalisti”, “Yil ijtimoiy tarmog‘i”, “Yilning faol suxandoni” kabi ko‘plab nominatsiyalar bo‘yicha san’at va madaniyat sohasida samarali mehnat qilayotgan 34 ijodkorga topshirildi. Ular diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3101 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ehtirom
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное