Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda yangi telekanal ishga tushadi

O‘zbekistonda yangi nodavlat telekanal ish boshlash arafasida turibdi. “Milliy”-(MTV) deb nom olgan yangi telekanalda o‘zbek va xorij yulduzlarining ommabop kliplari, eksklyuziv ko‘ngilochar dasturlar, tok-shoular, xit-paradlar, konsertlar, yuqori sifatli badiiy filmlar hamda milliy va chet el seriallari namoyish etilishi rejalashtirilgan. Kanal rotatsiyasida har qanday yosh va did sohiblari uchun qo‘shiqlar taqdim etilishi aytilmoqda.
 
Bundan tashqari, “MTV”ning dasturlar jadvalidan ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar ham o‘rin oladi.
 
Telekanal yaqin kunlarda test rejimida efirga uzatiladi. Translyatsiya kabelli va efirli usulda bo‘lib, u O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatadi. Ayni paytda barcha zarur tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
 
So‘nggi yillarda mamlakatimizda OAVlar faoliyatini rivojlantirish, nodavlat elektron OAVlar sonini ko‘paytirish, ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Parlament tomonidan grant mablag‘lari ajratilmoqda. Yangi telekanal bu e’tibor va e’tirofni qanchalik oqlay olarkin?
 
Har bir telekanal o‘z ish faoliyatini boshlaganda unga nisbatan qiziqish katta bo‘ladi. Tomoshabinlar undan boshqalarga qaraganda ko‘proq narsalar, yangiliklar kutadi. “Milliy” telekanali bu vazifani qanchalik uddalay olarkin? U o‘z nomiga yarasha ish tutadimi yo oqimga qo‘shilib, “Xususiy telekanalda, boshqa nima ham kutarding” degan ta’rifni oladimi, buni vaqt ko‘rsatadi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 14902 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekistonda, milliy, yangi telekanal
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное