Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari “Foto va videofiksatsiya” belgisi bilan to‘ldirildi

O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari (YHQ) “Foto va videofiksatsiya” axborot-ko‘rsatish belgisi (5.41) bilan to‘ldirildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Mazkur belgi yo‘l harakati foto va videofiksatsiyaning maxsus texnik vositalari yordamida qayd etilayotganini bildiradi. YHQga ogohlantiruvchi, ustunlikni bildiruvchi, taqiqlovchi, ko‘rsatma beruvchi va axborot-ko‘rsatish belgilari qatori qo‘llaniladigan “Foto va videofiksatsiya” qo‘shimcha axborot belgisi (7.19) ham qo‘shildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyevning ma’lum qilishicha, mazkur yangilikning joriy etilishi Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimi ishga tushirilgani munosabati bilan muhim ahamiyat kasb etadi. “Biz huquqbuzarliklarga qarshi yo‘l harakati qatnashchilarini jazolash orqali emas, ularni qoidalarga rioya etishga chaqirish, ogohlantirish uslubi bilan kurashamiz”, — deya ta’kidlagan X. Saydaliyev.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Yo‘l harakati qoidalarining 2016-yil 1-martdan kuchga kiradigan yangi tahririni tasdiqlagani haqida xabar berilgandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5866 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qoidalari, yo‘l harakati, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное