Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 900 so‘mgacha ko‘tarildi

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 820 so‘mga sotib olishni, 10 900 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi yuqori ko‘rsatkich. Bundan oldingi rekord bir kun oldin — 14-dekabr kuni o‘rnatilgan edi — 1 AQSh dollarining kursi 10 880 so‘mga chiqqan.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

“Savdogar bank”: sotib olish — 10 820 so‘m, sotish — 10 900 so‘m;
“Aloqa bank”: sotib olish — 10 840 so‘m, sotish — 10 895 so‘m;
“Mikrokredit bank”: sotib olish — 10 820 so‘m, sotish — 10 900 so‘m;
“Kapitalbank”: sotib olish — 10 820 so‘m, sotish — 10 880 so‘m;
Asia Alliance Bank: sotib olish — 10 830 so‘m, sotish — 10 890 so‘m.
Dollar kursi noyabr o‘rtalaridan boshlab keskin o‘sishni boshlagan. 29-noyabr kuni 10 830 so‘mga qadar, 30-noyabr kuni 10 840 so‘mga qadar ko‘tarilgandi. Markaziy bank 15-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,71 so‘mga ko‘tarilib, 10 845 so‘mni tashkil qildi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2408 | Рейтинг: 0| Рейтинг: marta, ko‘tarildi, O‘zbekistondagi, so‘mgacha, kursi, 10 900, Birinchi, dollar, banklarida, tijorat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное