Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonlik talaba o‘limidan so‘ng universitet prorektori hibsga olindi


Sankt-Peterburgda Tergov qo‘mitasi xodimlari tomonidan Davlat kimyo-farmasevtika universiteti prorektori hibsga olindi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu tadbir o‘quv binosi tomidagi muz bo‘lagi qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgan talaba ishi yuzasidan o‘tkazilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bino tomini qor va muz bo‘laklaridan tozalash ishlari bilan «Ventformat» kompaniyasi shug‘ullanganini aniqlashagan. Tashkilot xodimlari o‘z vazifalari vijdonan bajarishmagan, oliygoh prorektori esa ish jarayonini nazorat qilmagan.

Bundan tashqari, oliygoh prorektori kompaniya xodimlaridan tozalash ishlarini amalga oshirishlari uchun 50 ming rubldan kam bo‘lmagan miqdorda pora olib, shartnoma tuzganligi aniqlangan. Prorektorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburgda universitet binosi ustidan muz bo‘lagi tushishi oqibatida 23 yoshli o‘zbekistonlik talaba halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4196 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hibsga olindi, o‘zbekistonlik, talaba, universitet prorektori, o‘limidan so‘ng
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное