Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Efir Sirlari - Piano Version
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Pazanda - The Sound of Love
. Qirolicha - Soundterck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonliklar uchun AQSH vizasini olish osonlashadimi?

Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘zbekistonliklar uchun viza olish shartlarini osonlashtiradimi? Bu barchani qiziqtirayotgan savollardan biri. Biz aynan shu savol bilan joriy yilning 6 aprel kuni QALAMPIR.UZ tahririyatiga tashrif buyurgan AQSHning O‘zbekistonga yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henikka yuzlandik. 

Suhbat davomida elchi Qo‘shma Shtatlar o‘zbek mehnat muhojirlari sonini Green Card tizimi yoki ishchi vizalari bilan ko‘paytirish niyati bor yoki yo‘qligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Jonatan Henikning fikrlariga ko‘ra, AQSH hukumati imkon qadar ko‘proq o‘zbekistonliklarning mamlakatga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishini istaydi.

“Green Card’ga kelsak, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham etnik o‘zbek bo‘lgan amerikaliklarning salmoqli va o‘sib borayotgan guruhi bor. Shu sabab, ikki o‘rtada tobora ko‘p sayyohlar almashinuvini ko‘rishni xohlaymiz, tobora ko‘proq ishbilarmonlarning bordi-keldi qilishlarini istaymiz. Bunday almashinuv – ikki millat o‘rtasidagi almashinuv – ikki tomonlama sog‘lom munosabatlar uchun juda muhimdir”, deydi elchi.

Shuningdek, elchi janoblari mamlakatda ishlash masalasiga to‘xtalib, Qo‘shma Shtatlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning harakati bilan O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘zbeklar O‘zbekistonda qolishi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish borasida rejalarni ilgari surayotganini ta’kidlagan.

“Bizda mehnat ko‘nikmalarini o‘rgatish, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, biznesni rivojlantirish, O‘zbekistonning xorijga mahsulot va xizmatlar eksport qilish qobiliyatini oshirishga qaratilgan dasturlar bor. Shunday ekan, fikrimizcha, o‘zbekistonliklar O‘zbekistonda yaxshi, yuqori maoshli ish topishlari reallikka aylanayotgan bir paytda ummon ortiga ish izlab borishlariga unchalik ham hojat yo‘q”, deydi Henik.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 881 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное