Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonning barcha fuqarolari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hech qanday cheklovlarsiz ishga qabul qilinadi


Kecha, 22 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturiga muvofiq, vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo‘lmagan yoxud turar joyi bo‘yicha hisobda turmagan fuqarolarni ishga olishga oid taqiq bekor qilinishi belgilandi.

Endlikda O‘zbekiston fuqarolari mamlakatimizning istalgan hududida, ayniqsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ishga joylashishda hech qanday cheklovlarsiz o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘ladi. Istiqbolli kadrlar qaerda doimiy yoki vaqtincha propiska qilingani, turar joyi bo‘yicha hisobda turganidan qat’i nazar, poytaxt mintaqasida mehnat qila oladilar.

O‘z navbatida, ish beruvchilar vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo‘lmagan yoxud turar joyi bo‘yicha hisobdan o‘tmagan fuqarolarni ishga olganliklari uchun javobgarlikdan ozod etiladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1917 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ishga qabul qilinadi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное