Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonning qator hududlarida yerosti silkinishlari sezildi

18-dekabr kuni soat 10:42 da Tojikiston—Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning qator tumanlarida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila episentri Toshkentdan 150 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,6 ballga teng bo‘lgan.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Beshariq tumanida — 3 ball,
  • O‘zbekiston tumanida — 2-3 ball,
  • Bekobod shahrida — 2-3 ball,
  • Furqat tumanida — 2-3 ball,
  • So‘x tumanida — 2 ball,
  • Bekobod tumanida — 2 ball,
  • Shirin shahrida — 2 ball,
  • Qo‘qon shahrida — 2 ball,
  • Dang‘ara tumanida — 2 ball.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta Andijon viloyatida 12-dekabr kuni soat 03:30 4 ballik zilzila qayd etilgandi. Undan avvalroq, 17-noyabr kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon va Namanganda sezilib, magnitudasi 4,6 ballga teng bo‘lgandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 944 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekistonning, qator, silkinishlari, yerosti, hududlarida, sezildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное