Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida 7-yanvar kuni qor yog‘ishi kutilmoqda


Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 6-yanvar, dushanba kuni Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.

7-yanvar, seshanba kuni faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va vodiyda nobarqaror ob-havo saqlanib turadi, bu joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha, kunduzi 0—5 daraja iliqqacha pasayadi.

8—9-yanvar kunlari ob-havoning yog‘ingarchiliksiz, kambulutli bo‘lishi kutilmoqda. Antisiklon chegarasi ta’siri natijasida harorat kechasi manfiy ko‘rsatkichlargacha pasayib 3—5 daraja sovuqni tashkil qiladi.

Kunduzi quyosh havoni ilitib, 9-yanvarga kelib havo harorati 7—12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

10-yanvarda sovuq havo oqimi O‘zbekiston hududidan chekinadi. Tungi harorat 0—2 daraja sovuqqacha ko‘tariladi, kunduzi 7—12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1886 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, to‘rtta viloyati, qor yog‘ishi, kutilmoqda, kuni, 7-yanvar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное