Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“O‘zbekneftgaz”: o‘zbekistonda yagona avtomobil benzin narxi belgilandi

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi benzin narxi oshirilganligi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unda shunday deyiladi:
“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi shuni ma’lum qiladiki, so‘nggi vaqtda mamlakatimiz aholisining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual pochtasi orqali, shuningdek kompaniyamiz, Respublikamizning rahbar, nazorat hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari nomiga kelib tushgan murojaatlarida avtobenzin ta’minotida bo‘layotgan uzilishlar, shu jumladan ba’zi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYoQShlarda) avtobenzinning ustama narx bilan sotilayotganligi, avtobenzin olish uchun uzundan-uzoq navbatda turishga to‘g‘ri kelayotganligi, Toshkent shahridagi aksariyat AYoQShlarda Ai-80 rusumli avtobenzinning 2075 so‘mlik narxda, viloyatlarda esa asosan tijorat narxida, ya’ni 3000 so‘mlik narxda sotilayotganligi, avtobenzinning ayrim nopok kimsalar tomonidan Toshkent shahridagi AYoQShlardan turli yo‘llar bilan olib borib boshqa viloyatlar aholisiga uch ming so‘mdan besh ming so‘mgacha bo‘lgan chayqov narxida sotilayotganligi haqidagi o‘rinli e’tirozlarini inobatga olib hamda bundan buyon mazkur qonunga hilof holatlarga uzil-kesil barham berish maqsadida 2016 yil 23 oktyabrdan barcha turdagi avtobenzin chakana narxlari Respublika bo‘yicha bir xil etib belgilandi.
Hurmatli hamyurtlar! Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Sizlardan o‘zlaringiz istiqomat qilayotgan joylardagi yoki yurtimizning har qanday hududidagi AYoQShlarda bundan buyon avtobenzin narxiga ustama qo‘yib sotilayotganligi yoxud boshqa noxush holatlar haqida “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining ishonch telefoniga, “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning viloyat boshqarmalari, joylardagi tegishli huquqni muhofaza qilish organlari va neft bazalarning ishonch telefonlariga xabar qilishingizni hamda faol fuqarolik pozisiyasida turib, biz bilan yaqindan hamkorlik qilishingizni so‘raymiz!”
Avtobenzinning yangi chakana narxlari quyidagicha belgilandi:
Ai-80 rusumli avtobenzinning 1 litri - 2 800 so‘m;
Ai-91, Ai-92 va Ai-93 rusumli avtobenzinlarning 1 litri – 3 000 so‘m;
Ai-95 rusumli avtobenzinning 1 litri – 3 300 so‘m.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5089 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Benzin, O‘zbekneftgaz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное