Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“O‘zgidromet” kelasi hafta boshlarida kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishidan ogohlantirdi

 
18—20-aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 18—20-aprelda O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, jumladan:

  • 19-aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
  • 19—20-aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
  • 20-aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
  • 19—20-aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.

Shuningdek, 18—20-aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17—22 metr/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda. 18-aprelda ba’zi joylarda chang-to‘zon bo‘lishi kuzatiladi. 19—20-aprelda kunduzgi havo harorati 18-23 darajagacha pasayadi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 39624 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное