Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Titanik-soundtreck
. Pazanda - The Sound of Love
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Soundtreck-Великолепный Век
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

OAV: Masharipov ko'rsatmasi asosida Bursada o'zbekistonliklar va tojikistonliklar qo'lga olindi

Turkiyada Istanbuldagi tungi klubga hujum ijrochisi Abdulqodir Masharipovning ko'rsatmalari asosida 27 kishi qo'lga olindi. Ulardan 15 nafari ayollar. Qo'lga olinganlar yonida 29 nafar bola bor. Turkiyadagi nashrlarning yozishicha, qo'lga olinganlar orasida Tojikiston fuqarolari bor.

Masharipovning ko'rsatmasi asosida Turkiyaning Bursa shahrida maxsus amaliyot o'tkazilgan. Bursadagi uylardan 12 erkak va 15 ayol olib chiqilgan, ular bilan jami 29 nafar bola bo'lgan.

Hurriyet xabariga ko'ra, qo'lga olinganlarning barchasi IShIDga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Turk maxsus xizmatlari Bursadagi 6 kvartirada qo'lga olgan shaxslar O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston va Xitoy fuqarolari ekani aniqlangan. Yettinchi uyda odamlar bo'lmagan, ammo u yerdan 40ta pasport, 38ta soxta karta va 15ta mobil telefon topilgan.

OAV ma`lumotiga ko'ra, yettinchi kvartira Tojikiston fuqarolariga (M.S va N.S) tegishli bo'lgan. Ulardan biri Izmirda ushlangan, ikkinchisi qidirilmoqda.

Haberturk ma`lumotiga ko'ra, ushbu tojikistonlikning Istanbul, Bursa va Izmir shaharlarida kvartiralari bor. 

Masharipovning ma`lum qilishicha, M.S Istanbulda odamlarni kutib oladi va ularga kvartiralarini ko'rsatadi. Keyin ularni Bursaga va Izmirga jo'natadi.

"M.S stomatolog bo'lib ishlaydi. Aynan u Turkiyaga kelganlarni soxta hujjatlar bilan ta`minlaydi. U bir qancha ismlarda yuradi, o'zini gohida amaldor deb ataydi, gohida tadbirkor deb. Umuman olganda, juda badavlat odam", deyilgan xabarda.

Masharipov 36 soatdan buyon bir kishilik kamerada saqlanmoqda. U kim bilandir gaplashishni istamayapti va barcha ko'rsatmalarini yozma ravishda bermoqda.

 


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4280 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Istanbul, Abdulqodir Masharipov, IShID
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное