Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi qashqadaryolik ayol o‘zini daryoga tashladi

Qashqadaryo viloyatida 28 yoshli ayol Qashqadaryo daryosining Qarshi shahri hududidan oqib o‘tuvchi qismida o‘zini daryoga tashladi va halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy Nasaf news nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 13 mart kuni soat tahminan 15:00 lar atrofida 1992 yil tug‘ilgan, Koson tumani “Regzor” mahallasida istiqomat qiluvchi M.O, o‘zini Qashqadaryo sohili xiyoboniga borib daryoga tashlab yuboradi.
Yuz bergan holatni kuzatish uchun olomon bir joyga to‘planib oladi. Buning natijasida ayolga tez tibbiy yordam ko‘rsatgani kelgan shifokorlar tirbandlikda qolib ketadi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol daryoga o‘zini tashlashidan avval hamyonini daryo o‘zaniga qoldirgan. Hamyondan telefon, fuqarolik pasporti va yozib qoldirilgan xat chiqqan. Aytilishicha, ayol xatda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolganini yozib qoldirgan.


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3223 | Рейтинг: 0| Рейтинг: daryoga tashladi, o‘zini, qashqadaryolik ayol, Og‘ir ijtimoiy vaziyat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное