Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Titanik-soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Zerda - Soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Qo'rqmas - soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Pazanda - The Sound of Love
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Og‘izdagi yoqimsiz hidni 2 daqiqada yo‘qotish usullari


Ish, o‘qish yoki uchrashuvlarga borganda og‘izdan yoqimsiz hid kelmasa bo‘ldi, deb xavotirlanuvchilar talaygina. Ammo ayrimlar o‘zidagi bu holatni payqamaydi va atrofdagilar oldida noqulay vaziyatga tushishadi.
Ushbu maqolada 2 daqiqa ichida yoqimsiz hidni yo‘qotishga yordam beruvchi sinalgan tavsiyalarni havola qilamiz...

Avvaliga hidni aniqlaymiz

O‘zingizni hidlab ko‘ring
Chin ma’noda inson o‘z og‘zidan kelayotgan hidni aniqlay oladi. Buning uchun burun-og‘iz qo‘llar bilan berkitiladi va og‘izdan nafas chiqariladi. Shu holatda burundan nafas olinadi.

So‘lakni hidlab ko‘rish
Bilakning ichki qismiga til tekkiziladi va biroz qurigach, tegilgan joy hidlab ko‘riladi.

Barmoq tekkizib ko‘rish
Barmoq til uchiga tekkiziladi va burun bilan hidlab ko‘riladi. Bu orqali siz kelayotgan hidni aniq seza olasiz.

Tez yo‘qotish usullari
Yuqoridagi usullar yordamida og‘izdan hid kelayotganligini aniqlagan bo‘lsangiz, endi uni yo‘qotuvchi eng samarali tavsiyalarga to‘xtalib o‘tamiz.
• Limon, laym chaynash. Ushbu sitrus mevalarini po‘sti bilan chaynasangiz, yoqimsiz tarovat tez yo‘qoladi.
• Qahva. Ushbu ichimlik tarkibidagi kofein moddasi yoqimsiz hidni yo‘qotadi. Yoki bo‘lmasa, 3-4 dona qahva donachalarini chaynash ham foydali bo‘ladi. Ularni yoningizda ham olib yurishingiz mumkin. Qahva hidni 7-8 soatga yo‘qotadi.
• Chinnigul shohchasini bir necha daqiqaga chaynash ham hidni bartaraf etadi. Undagi efir moylari kayfiyatni ham ko‘tarishga yordam beradi.
• Nordon olma yeyish orqali hidni “o‘tmaslashtirish” mumkin. U tishlardagi karashni tozalaydi.
• Yong‘oq yoki pista chaqish ham masalani ijobiy hal qiladi. Bu mahsulotlar 1-2 soatgagina ta’sir etishi mumkin. Shuningdek, ular sarimsoqpiyozning hidini ham bartaraf eta oladi.
• Har kuni asalari mumini iste’mol qilish orqali “yoqimli” hidni yo‘qotsa bo‘ladi. U og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini yaxshilaydi.
• Og‘izni tuzli eritmada chayqash ham hidni ketkazishi mumkin. Buning uchun 1-2 daqiqa vaqt sarflash kifoya.
• Ertalab og‘iz bo‘shlig‘ini o‘simlik moyi bilan chayqasangiz, nafasingizni xushbo‘y qilgan bo‘lasiz.

 

Internet ma’lumotlari asosida Nargiza UTEPOVA tayyorladi.



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 6414 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yo‘qotish usullari, 2 daqiqa, Og‘izdagi, yoqimsiz hid
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное