Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Oila buzilmasligi uchun oddiy va ahamiyatli taklif…


Oila buzilmasligi uchun emas, nosog‘lom oila vujudga kelmasligi uchun tajribali psixologlarni ko‘paytirish kerak. Zotan kasal bo‘lgandan keyinmas, oldin aniq chora ko‘rish donolikdir…

Oila qurgan yoshlar o‘rtasida ajrashishlar sabablari turli xil. Ularni yozib eslatib, o‘qitib, qimmat vaqtingizni sarflatmay asosiy masalaga diqqatingizni qaratmoqchiman.

Issiq yoki sovuq suvga tegmasangiz uning haroratini bilmaysiz. Oilani qurmasdan xomxayol qilish ham yaramaydi. Deyarli har kun Yevropa kinolarini ko‘rasiz va kuzatasiz. Ochig‘i, ularning madaniyati va qiliqlari ko‘pam yoqavermaydi. Ammo «Har yomonning bir yaxshisi, yaxshining esa bir yomoni bo‘ladi» degan gaplar bor. Ularda ham biz olsak bo‘ladigan, ijtimoiy va madaniy hayotimizga tatbiq etsa ma’qul xarakterlar (qarashlar) bor.

Ya’ni:

Oila qurayotgan ma’nan yetuk yoshlari dastavval PSIXOLOGGA (psixologlarga) boradi. Sababi oddiy, oila haqida hayot falsafasidan dars olgan, mutaxassis bo‘lgan va amaliyotda sinalgan psixologik tahlillarni odamiga qarab qo‘llay olishini anglagan, ishongan yoshlar psixologlardan boshlang‘ich va o‘rta oilada kechadigan sir-asrorlarni tinglaydi, o‘zini tasavvur qilib ko‘radi. Ba’zan o‘zini qayta kashf etadi. O‘zgarishi kerakmi yoki hozirgi holatini yanada rivojlantirishmi, xullas, o‘zini chuqur tahlil qilib ko‘rishi uchun yetarlicha xulosa chiqaradi, kelajagi uchun aniq ijobiy nimadir oladi.

Psixolog yoshlarga «shirin-achchiq-shirin» savollar beradi. Javoblarining ko‘rsatkichlariga qarab ularga vazifa, qo‘shimcha harakatlar yuklaydi va turli maslahatlar beradi. Uning oilasi, kerak bo‘lsa ota-bobosining «delosi» bilan tanishib chiqib, ulardagi bo‘lgan nuqson yoki yutuqlarini yo‘li bilan muhokama qiladi.

Yoshlar bunday psixologlarning huzuriga o‘zlari istab boradi. Borish kerakligini, o‘zlarini (oilaparvarmi-yo‘qmi) aniqlash, hayotda yaxshi ota va ona bo‘lishga tayyormi — bilish, xulosada har tomonlama sog‘lom odam oila qura olishi mumkinligini his qiladi. Demak, sog‘lom avlod muhitini yaratish haqiqiy insoniylik mezoni ekanini anglashida psixolog suhbatini olish hayot bo‘sag‘asi uchun ahamiyatli deb biladi.

Taklifning qisqacha tushunchasi:

Oila qurishni istayotgan yoshlar FHDYoga hujjat topshirishdan oldin o‘zining tumani (shahri)dagi FHDYo qoshida tashkil etilgan(tashkil etilsa, albatta) PSIXOLOG testidan o‘tganlik va xulosa varaqasini (test va suhbatlardan keyin yetarlicha ball to‘plasa) topshirishi lozim. Agar ushbu psixologik xulosani topshirmasa FHDYoga qabul qilinmasligi qat’iy tushuntiriladi. Bu oddiy va aniq taklif (yechim), shunday emasmi?..
Shuning barobarida, yoshlarimiz kerakli ko‘nikmalarga ham erishadi. Yigitlar o‘zining to‘liq erkak yoki qizlarimiz fazilatli ayol bo‘lish falsafasidan bahramand bo‘ladi. Albatta, bu psixologik bosqichdan o‘tishi nafaqat oilada, qolaversa ishda, yumushda o‘z samarasini ko‘rsatadi.

Oila psixologlarini yetishtirish uchun nima qilish kerak?

Javobi oddiy — psixolog mutaxassislarni yetishtirib chiqaradigan, tajribali ustozlardan amaliy bilim va ko‘nikma oladigan oliygohlarda qabul kvotalarini ko‘paytirib (ma’lum yillarda), bundagi nazoratni jiddiy tus oldirish zarur. Oila masalasi — kelajak masalasi deb qaralib, chuqur mas’uliyat va vijdon bilan yondashgan holda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi kerak bo‘ladi.
Oila buzilib, farzandlar tirik yetim bo‘lib, xohlab-xohlamay aliment to‘lovchilar ko‘paymasin, ayol-erkak yo‘ldan chiqmasin desak bu taklifni jiddiy o‘ylab ko‘rish vaqti keldi.

Hamma millat va elatlarda OILA MUQADDAS sanaladi!!!

Abduqodir Mo‘minov,
jurnalist



Manba:xabar.uz

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 5168 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oila
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное