Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Oila: Navoiyda kuyov sarpo sabab to‘yni to‘xtatdi (video)


Navoiy viloyatida kuyov sarpolardan ko‘ngli to‘lmagani sabab, to‘yni to‘xtatdi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Sarpo oldi-berdisiga qadar (to‘y hali bo‘lmagan) kuyov va kelin o‘z nikohini FHDYo bo‘limida qayd ettirib bo‘lgan. Kelishmovchilikdan so‘ng, nikoh FHDYoda bekor qilingan.

“Davr”da sarpo sabab nikohini bekor qildirgan yigitning qisqa intervyusi namoyish etilgan (lavhada uning yuzi ko‘rsatilmagan).

Sarpokiydi marosimlarida turk moli olib keladi, deb o‘ylagandim. O‘ziga to‘q oilaning qizi, akalari, ota-onalari katta-katta joylarda ishlardi.

O‘rtoqlarimning sarpokiydi marosimlariga borganimda, kelin tomon har xil yaxshi-yaxshi turk mollarini olib kelgandi. Menga ham shunaqa qilishadi, deb o‘ylagandim.

Lekin qarasam, menga qayerdagi G‘ijduvonning narsalarini, pastkashlik qilib, har xil bo‘lmag‘ur narsalarni olib keldi.

Olib kelgan narsalarini onam bilan qaytarib, uyiga eltib berdik.

To‘yi bo‘lmay ajrashgan navoiylik yigit


VIDEONI KO'RISH


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8490 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kuyov, sarpo, oila
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное