Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Oilaviy hayotga tayyormisiz? Quyidagi test ushbu savolga javob topishga yordam berishi shubhasiz!
 



Oila muqaddas qo`rg`on. Uning poydevori mustahkam bo`lmasa, totuv hayot kechirishi amri mahol. Umrimizning birinchi choragida turmush o`rtoq tanlashimizni inobatga olsak, hayotimizning aksar qismini o`z oila qo`rg`onimizni qurish va mustahkamlash bilan band bo`lamiz. Siz bu ma`suliyatli ishga qanchalar tayyorsiz? Quyidagi test ushbu savolga javob topishga yordam berishi shubhasiz! Javoblaringiz orasida qaysi harflar ko`pligini yozib boring.

1. Quyidagi so`zlardan qay birini nutqingizda ko`p ishlatasiz?

A) Shunday bo`lishini xohlayapman.

B) Qila olaman.

V) Bajarishim shart.

2. Sevgan insoningiz bilan o`rtangizda bo`lib o`tgan so`nggi kelishmovchilikni yodga oling. Sizning fikringizcha kim aybdor edi?

A) Faqat u.

B) Ikkimiz birdek aybdormiz.

V) Hech kim, bu haqda gapirishni istamayman.

3. Adolat haqida qanday fikrdasiz?

A) Agar haqiqat bo`lganida edi… (bu gapni bemalol davom ettira olasiz).

B) Dunyoni adolat ustunlari ushlab turibdi!

V) Ochig`i, aniq bir nima deyolmayman. Buning uchun biror bir vaziyatga qarab xulosa chiqarish mumkin.

4. Mehnat qilib, ishlab topgan mablag`ingizni qanday sarflaysiz?  

A) Hammasini turmush tashvishlari va xursandchilik uchun ishlataman.

B) Mablag`imning ma`lum bir qismini ishlatib, qolganini jamg`arib boraman.

V) Huda-behudaga pul sarflamayman, asosan yig`aman.

5. Baxtingiz va xotirjamligingiz kim yoki nimalarga bog`liq deb hisoblaysiz?

A) Atrofimdagilarning menga munosabatiga.

B) Barchasi o`zimga bog`liq.

V) Yaqinlarim tinch bo`lsa, men ham tinchman.

JAVOBLARINI HISOBLAYMIZ!

«A» harfi ko`p bo`lsa…

Siz hozircha oilaviy hayotga tayyor emassiz. Turmush qurish hamda farzandli bo`lishga shoshmaganingiz ma`qul. Yaxshisi, o`z ustingizda ishlang. Dunyoqarashingizni kengaytiring, sayohatga chiqing, xorijiy tillarni o`rganing. Maslahatimiz, falsafiy badiiy filmlar tomosha qiling, ko`proq psixologik kitoblar o`qing.

«B» harfi ko`p bo`lsa…

Siz mas`uliyatli insonsiz. Har bir qadamingizni o`ylab bosasiz, gapirishdan avval esa aytar so`zingizni mulohaza qilasiz. Bu xislatlaringizga tasanno aytmay iloji yo`q. Vaqtni boy bermay, oila qurishga shoshiling! Chunki siz sevikli umr yo`ldosh va mehribon ota yoki ona bo`lishga tayyorsiz!

«V» harfi ko`p bo`lsa…

Oila qurishga tayyorsiz. Nima istayotganingiz, buni qanday  amalga oshirish kerakligini yaxshi bilasiz. Kirishimli ekanligingiz oilaviy hayotda uchrashi mumkin bo`lgan turli vaziyatlarda asqatadi.

AGAR…

Harflar miqdori teng bo`lsa, siz hozir o`tish bosqichidasiz. Hayotingizda muhim o`zgarishlar ro`y berishi kutilmoqda. Avvalo o`zingiz ulg`aymoqdasiz. Bu ishda sizga omad tilab qolamiz!


Manba:Gooper.uz
Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 8054 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oila
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Davronmanutd1992 manda vvv kopayib ketdiku
Like | 0
NuR_KR Hm B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное