Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Oktyabrda o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutyapti?
Kuzning birinchi oyi – sentyabr ham oxiriga yetib keldi. Ko‘pincha qulay harorat foni bilan sentyabr oyi O‘zbekistonda yozga o‘xshaydi. Bu yil ham huddi shunday bo‘ldi. Respublika hududining katta qismida sentyabr oyida yomg‘ir umuman yog‘madi. Havo harorati 30-35 daraja atrofida, ayrim kunlarda 37 darajagacha, janubda 39 darajagacha bo‘ldi. Faqat oyning o‘rtalarida sovuqning qisqa to‘lqini kuz kelganini eslatdi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kuzatilayotgani haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bu yil oktyabr oyining birinchi besh kunligi quruq va biroz iliq ob-havo bilan boshlanadi, kunduz kunlari quyosh nurlari havoni 22-25 darajagacha isitadi. Faqat kechasi va ertalab havo harorati 10-13 darajagacha salqin bo‘ladi. Keyinchalik oyning birinchi o‘n kunligi oxirigacha ob-havo sharoitida keskin o‘zgarishlar kutilmaydi.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda hududning katta qismida harorat kechalari 8-13 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 18-23 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda 0-1 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Umuman, harorat tartibiga ko‘ra, oktyabr oyi me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga kam, yog‘ingarchilik me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.

Iqlimiy me’yorlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Janubiy viloyatlarida yog‘ingarchilik oktyabr oyida 3 kundan 5 kungacha, qolgan hududlarda esa 5 kundan 7 kungacha bo‘lishi mumkin. Oktyabr oyida yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, ammo havoga keskin sovuq bo‘lganda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi istisno qilinmaydi.

Tungi havo haroratining o‘rtacha yillik qiymati 6-11 darajani tashkil etadi, lekin ko‘pincha oktyabrda, ayniqsa oyning ikkinchi yarmida birinchi kuzgi sovuqlar kuzatiladi.

Oktyabr oyida kunduzgi harorat odatda 23-28 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

“Albatta, tabiat o‘z tuzatishlarini amalga oshiradi va ba’zida haroratning yoki yog‘ingarchilikning haqiqiy qiymatlari ko‘p yillik davr qiymatlaridan sezilarli darajada farq qilishi mumkin.

Masalan, Toshkentda meteorologik kuzatishlarning butun bir asrdan ortiq tarixi davomida ayrim yillarda oktyabr oyida maksimal havo harorati 33-36 darajaga yetgan. Oktyabr oyi haroratining mutlaq maksimumi 37,5 darajani tashkil etadi, bunday harorat 1941 yilda kuzatilgan”, deyiladi O‘zgidromet axborotida.

Toshkent uchun oktyabr oyida minimal haroratning rekordi 11,2 daraja sovuqni tashkil etadi, ammo bu juda uzoq vaqt oldin, o‘tgan asrning boshlarida bo‘lgan. Oxirgi 20 yil ichida Toshkentda minimal harorat 1-2 daraja sovuqdan pastga tushmagan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2243 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kutyapti, O‘zbekiston, ob-havo, Oktyabr, Qanday
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное