Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Olimlar global isishning qachon boshlanganini aniqlashdi

Hozirgi kunda butun dunyo ahlini o‘ylantirayotgan global isish muammosi ustida ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Yaqinda yana bir olimlar guruhi mazkur muammoning kelib chiqish tarixini o‘rganib chiqdi. Ular shunday xulosaga kelishdiki, inson faoliyati bilan bog‘liq global isish, taxminan 200 yil oldin boshlangan.  Bunga sanoat inqilobi sabab bo‘lgan. Bu haqda “Nature” jurnali yozmoqda
 
Avstraliyaning Milliy universiteti olimlari o‘zlarining tadqiqotlarida marjon qoyalari,  muzliklar va chuqur g‘orlardan olingan turli xil dalillarni tahlil qilib chiqishdi. Yoppasiga ko‘mir ishlatila boshlangach,  sayyoradagi havo harorati sekin-asta ko‘tarila boshlagan, bu o‘zgarishlarni esa o‘sha davrdayoq sayyoraning ba’zi mintaqalarida aniqlash mumkin bo‘lgan. 
 
Statistik tahlildan foydalangan holda,  tadqiqotchilar dastlabki havo haroratining ko‘tarilib borishi okenlarning tropik suvlarida va Shimoliy yarimsharda 1830 yilda boshlanganini aniqlashdi. Mazkur davrda Arktikadagi havo harorati maksimal darajada o‘sgani olimlarni hayron qoldirdi.  
Ruslan Sulaymonov


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 12553 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aniqlashdi, qachon boshlangani, Global isish, Olimlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное