Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Oliy Liga sardorlari va murabbiylari Odil Ahmedovni O‘zbekistonning 2016-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topdi
 


Rossiyaning “Krasnodar” klubi sharafini himoya qiladigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Oliy Liga murabbiylari va sardorlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, 2016-yilning eng yaxshi o‘zbekistonlik futbolchisi deb topildi.
“Championat.asia” nashri o‘tkazgan so‘rovnoma “Do‘ppi” nomini olgan bo‘lib, unda Oliy Liganing 16 ta klubi murabbiyi va har bir klubning sardori o‘z talqiniga ko‘ra eng yaxshi uch futbolchini ko‘rsatib berdi.
 
Yakunda Ahmedov 82 ochko jamg‘ardi. 55 ochkosi bor Moskvaning “Lokomotiv” klubi a’zosi Vitaliy Denisov bu borada ikkinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikka kirish uchun Qozog‘istonda to‘p surayotgan Aleksandr Geynrixga 19 ochko kifoya qildi.
 
Qatar Yulduzlar Ligasida ishtirok etayotgan Sardor Rashidov legioner futbolchilar ketma-ketligini davom ettira olmadi. Undan 5 ochko ko‘proq jamg‘argan Eldor Shomurodovga 4-o‘rin nasib qildi.
 
“Buxoro” klubi bosh murabbiyi Jamshid Saidov eng yaxshi futbolchi sifatida Odil Ahmedovni tan olgan. Keyingi ikki o‘ringa nomzod ko‘rsatishni istamagan. Klub sardori Shavkat Salomov esa birinchi o‘rinni Vitaliy Denisovga bergan, ikkinchi o‘rinda Anzur Ismoilovni ko‘rsatib, uchinchi futbolchi nomini aytishni lozim topmagan.
 
Uch nafar kishi Odil Ahmedov variantida umuman to‘xtalmadi: “Mash’al” ustozi Aleksandr Xomyakov, Sardor Rashidovning ukasi Sanjar Rashidov va “Buxoro” klubi sardori Shavkat Salomov.
 
So‘rovnomada, shuningdek, “Championat.asia” o‘quvchilari ham ishtirok etgan. Yakunda ularning ovozi yaxlit 1 ta qilib olingan.
 
Kim kimga ovoz berdi
 
“Lokomotiv”
 
Mirko Yelichich: Odil Ahmedov, Aleksandr Geynrix, Vitaliy Denisov
Timur Kapadze: Vitaliy Denisov, Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov
 
“Bunyodkor”
 
Sergey Lushchan: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Jaloliddin Masharipov
Akmal Shorahmedov: Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov, Jaloliddin Masharipov
 
“Nasaf”
 
Ro‘ziqul Berdiyev: Odil Ahmedov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Eldor Shomurodov
Sherzod A’zamov: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Jaloliddin Masharipov
 
“Buxoro”
 
Jamshid Saidov: Odil Ahmedov
Shavkat Salomov: Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov
 
“Paxtakor”
 
Grigoriy Kolosovskiy: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Jaloliddin Masharipov
Kamoliddin Tojiyev: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Aleksandr Geynrix
 
“Qizilqum”
 
Hamidjon Aktamov: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Sardor Rashidov
Erkin Boydullayev: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Eldor Shomurodov
 
“Metallurg”
 
Rustam Mirsodiqov: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Aleksandr Geynrix
Hikmat Hoshimov: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Eldor Shomurodov
 
“Mash’al”
 
Aleksandr Xomyakov: Aleksandr Geynrix, Eldor Shomurodov, Vitaliy Denisov
Mirzohid G‘ofurov: Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov, Aleksandr Geynrix
 
“Sho‘rtan”
 
Ixtiyor Karimov: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Sardor Rashidov
Igor Taran: Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov
 
“So‘g‘diyona”
 
Davron Fayziyev: Odil Ahmedov, Sardor Rashidov, Eldor Shomurodov
Sanjar Rashidov: Vitaliy Denisov, Sardor Rashidov, Aziz Haydarov
 
“Neftchi”
 
Andrey Fyodorov: Odil Ahmedov, Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov
Akmal Xolmatov: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Temurxo‘ja Abduxoliqov
 
“Qo‘qon—1912”
 
No‘mon Hasanov: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Sardor Mirzayev
Aziz To‘xtaboyev: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Jaloliddin Masharipov
 
“Olmaliq”
 
Igor Shkvirin: Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Aleksandr Geynrix
Yevgeniy Gogol: Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov
 
“Obod”
 
Ja’far Irismetov: Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Temurxo‘ja Abduxoliqov
Doniyor Hasanov: Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov
 
“Navbahor”
 
Ilhom Mo‘minjonov: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Sardor Rashidov
Dilshod Jabborov: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Aleksandr Geynrix
 
“Andijon”
 
Ma’ruf Abisalomov: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Eldor Shomurodov
Ibrohim Otaxonov: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Sardor Rashidov
 
“Championat.asia”
 
O‘quvchilar: Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Aleksandr Geynrix


Manba:daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3070 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Odil Ahmedov, Oliy Liga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Jaloliddin Masharipov ye Milliy jamoaga Nomzod Timurxo'ja Obdixolikov bular kuchli 3 likka loyiq!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное