Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Stakan Version
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Pazanda - The Sound of Love
. Jumong-soundtreck
. Zerda - Soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Oliy Majlis deputatlari taksi haydovchilaridan litsenziya talab qilmaslik taklifini ilgari surdi
19-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlashga bag‘ishlangan fraksiyalararo munozara o‘tkazildi, deb  xabar beradi parlament matbuot xizmati.Ta’kidlanishicha, qonun loyihasida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etishga oid huquqbuzarlik uchun yuridik shaxslarga nibatan jarima qo‘llash institutini joriy etish nazarda tutilayotgani qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan. Bunda yuridik shaxs jarimani bir oy davomida ixtiyoriy to‘lagan, shuningdek, amalga oshirish uchun talab etiladigan litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risida murojaat qilgan hamda xabarnoma yuborganda, tayinlangan jarima miqdorining yetmish foizi undirilishiga oid rag‘batlantiruvchi norma belgilanmoqda.

Tadbirda shaxsiy avtotransportidan foydalangan holda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatish orqali faoliyat yuritayotganlar masalasiga ham e’tibor qaratilgan.

Qayd etilishicha, shaxsiy avtotransportidan foydalangan holda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatish faoliyatini loyihada belgilangan “Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan” faoliyat turidan chiqarib, “Vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan” faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritish, ya’ni taksi xizmatini ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga o‘z faoliyatlarini qonuniy amalga oshirishida yengillik yaratish ilgari surilgan.

“Ushbu faoliyat turini bir ro‘yxatdan ikkinchi ro‘yxatga olinishi haydovchilarga yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish uchun ruxsatnoma olish jarayonini yengillashtiradi va to‘lov summasini adolatli belgilanishiga olib keladi”, — deyiladi xabarda.

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Shohista Turg‘unova qonun loyihasini fraksiya to‘liq qo‘llab-quvvatlashini, biroq ayrim masalalarni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligini ta’kidlagan. “Xususan, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari ro‘yxatiga notarial idoralar va uy bog‘chalari kiritilmagan. Uy bog‘chalari bilan shug‘ullanish qaysidir ma’noda yosh bolalar uchun javobgarlik mas’uliyatini olishi lozim. Shunday takliflardan yana biri bu litsenziyani alohida filiallarga qo‘llanmasligidir. Bu turdagi yengillik ayrim ‘ishbilarmonlar’ uchun qonunni aylanib o‘tishlariga imkon berishi mumkin. Ya’ni litsenziya olmay turib biror bir katta yuridik shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, o‘zini katta yuridik shaxsning bir filiali sifatida ko‘rsatishi mumkin”, — deydi Turg‘unova.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tadbirda bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 2020-yil 19-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘zini o‘zi band qilayotgan, kasb-hunari bor odamlarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilishi belgilangandi. Yig‘ilishda Prezident tomonidan taksi haydovchilari ham daromad solig‘idan ozod etilishi qayd etib o‘tilgandi. Biroq iyun boshlaridan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ko‘paygan, lekin ular orasida Prezident aytgan taksichilar yo‘q edi.

2020-yil oktabr oxirlarida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mazkur farmon loyihasi va uning imzolangan versiyasi taqqoslanganida, undan bir nechta band, jumladan, jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilish uchun yo‘lovchilarni tashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi band joy olmagani ma’lum bo‘lgandi.

2020-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarov kirakashlik bilan shug‘ullanayotganlar o‘zini o‘zi band qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, aholining xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masala yuzaga kelishini aytgan edi. Shuningdek, u bu masala bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tuzilgani hamda maqbul yechim izlanayotganini aytgan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1777 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное