Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Olti oyda necha mlrdlik “oltin” avtoraqam sotilgani ma’lum bo‘ldi


Olti oyda necha mlrdlik “oltin” avtoraqam sotilgani ma’lum bo‘ldi
2022 yil 6 oylik yakunlariga ko‘ra 174 mlrd so‘mlik 77 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi. Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 10 foizga, hajmi bo‘yicha 27 foizga o‘sdi. Bu haqda Respublika tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tgan davrda tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,2 mln so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 93 foizi jismoniy shaxslar, 7 foizi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 545,4 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 348 mln so‘mni tashkil qilgan.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 29 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22 foizi – ikkinchi, 13 foizi – uchinchi, 9 foizi – to‘rtinchi, 12 foizi – beshinchi va 15 foizi – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (45 foiz), Samarqand (8 foiz), Buxoro, Farg‘ona va Qashqadaryo (6 foiz dan) viloyatlarida xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, 20 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 859 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное