Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ona o‘z farzandini 1000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘ldi


2017 yil 22 avgust. Soat taxminan 15:30. Toshkent shahar Olmazor tumani Farobiy ko‘chasida joylashgan oshxona oldidagi avtoturargohda Sh.S. o‘z qizi Z.J. bilan til biriktirib, Z.J.ning shu yil 16 avgust kuni tug‘ilgan farzandini 1 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston milliy axborot agentligining Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.

Aniqlanishicha, Z.J. 2014 yil Buxoro viloyati Fijduvon tumanidan Toshkent shahriga kelib, ishga joylashadi. 2016 yilda tanish yigitidan homilador bo‘lib qoladi. Qarindosh-urug‘, mahalla-ko‘y oldida nomusga qolishdan qo‘rqib, bola tug‘ilgach onasi Sh.S. bilan o‘zaro kelishgan holda, uni sotishga harakat qiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida mazkur jinoiy ish ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchi Z.J. aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Adashganini, qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi. Farzandini unga qaytarib berishni iltimos qildi, o‘zi tarbiyalab, voyaga yetkazishini aytdi.

Sud hukmiga binoan sudlanuvchilar Z.J. va Sh.S. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan, ikki yil sinov muddati bilan ozodlikka chiqarildi.

Hademay qorako‘z go‘dak voyaga yetadi, aqlini taniydi. O‘shanda o‘z jigargo‘shasini sotmoqchi bo‘lgan ona uning ko‘ziga qanday qararkin?!

Muxtorbek ABDULLAEV



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3339 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 1000 AQSh, sotmoqchi bo‘ldi, ONA, dollar, farzand
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное