Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Ortiqcha benzin g‘amlayotgan haydovchilarga chora ko‘riladi


Ayni kunlarda mamlakatimizda yoqilg‘i yetishmovchiligi kuzatilayotganligi sir emas. Bu holat bir necha oydan buyon davom etayotgani esa ko‘pchilik haydovchilarga noqulayliklar tug‘dirmoqda. Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahridagi ba’zi yoqilg‘i quyish shahobchalari o‘z faoliyatini to‘xtatishga ham majbur bo‘lgan.
 
“O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga bu boradagi murojaatlarning soni ko‘payib ketganligi bois kompaniya rasmiy saytida ayni holatga rasman izoh berib o‘tdi. Xabarda keltirilishicha, aslida benzin tanqisligi kompaniya faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar orqali amalga oshmoqda.
 
Birinchidan, ba’zi haydovchilar me’yoridan ortiq miqdorda benzin olishmoqda. Ayrim haydovchilar buni o‘zlari uchun g‘amlab qo‘yayotgan bo‘lsalar, yana ayrim kimsalar esa daromad olish maqsadida ortiqcha benzin sotib olmoqda.
 
Ikkinchidan, mamlakatimiz bo‘ylab avtomobillar sonining ortishi ham yoqilg‘i tanqisligi yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgan omillardan biridir.
 
“O‘zneftmahsulot” AK haydovchilardan turli gap-so‘zlar va shov-shuvlarga ishonmaslikka chaqirmoqda. Bu borada “Xavotirga o‘rin yo‘q”, deyiladi kompaniya xabarida.
 
Ayni vaqtda “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yurtimizdagi neftni qayta ishlash zavodlari yonilg‘i mahsulotlarini yetarli ishlab chiqarmoqda va bundan buyon AYoQShlarga nafaqat belgilangan miqdorda, balki unga qo‘shimcha miqdorda ham avtobenzin yetkazib berish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi chetdan qo‘shimcha miqdorda uglevodorod xomashyosini keltirish va iste’molchilarni avtobenzin bilan tegishli miqdorda ta’minlash yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.
 
Alohida ta’kidlash zarurki, turli maqsadlarda ortiqcha miqdorda benzin g‘amlab qo‘yish holatlariga qarshi “O‘zneftmahsulot” AK “O‘zdavneftgazinspeksiya” va tegishli huquqni muhofaza qilish organlari bilan birga zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni mo‘ljallamoqda.

Durdona Rasulova



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3105 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Benzin, haydovchi, chora ko‘riladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное