Oybekning tarjimai holi
Men Alimov Oybek Bahodirovich 1987 - yil 8 oktabr kuni
Toshkent shahrida xizmatchilar oilasida tug'ildim. Oilam haqida qisqacha
to'xtalib o'tadigan bo'lsam, oilada 4 kishimiz: ota - onam, akam va men.
Otam - Alimov Bahodir Turg'unovich (1962 yil, Toshkent shahri).
Onam - Alimova Nodira Sattorovna (1963 yil, Toshkent shahri).
Akam - Alimov Javlon Bahodirovich (1986 yil, Toshkent shahri.
Hamma jajji bolalar kabi bog'chaga, so'ngra 1994 - yil 29 -
o'rta maktabning 1 - e sinfiga borganman. Shu maktabning 2 - sinfini
tamomlagach, yangi uyga ko'chganimiz tufayli 3 - sinfni 39 - tayanch maktabida
davom ettirganman. Yoshligimdan sport turlaridan futbolga qiziqardim.
Darslardan bo'sh vaqtimda "Istiqlol" futbol maktabida, futbolning
o'ziga xos sirlarini o'rganar edim. Hattoki futbol o'ynayotganimda oyog'imni
ham sindirganman. 2003 - yilda 9 - sinfni tamomlagach, ba'zi sabablarga ko'ra 2
yil mobaynida o'qishni davom ettira olmadim. Hatto "Istiqlol" futbol
maktabini ham tashlab ketdim. Ammo yoshligimdan sportdan tashqari musiqa
san'atiga qiziqishim kuchli bo'lganligi sababli keyinchalik
"Konsanans" nomli musiqa to'garagiga qatnashdim.
Nihoyat, 2005 - yilda Hamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi
Respublika musiqa kollejiga imtihon asosida o'qishga qabul qilindim. U yerda
"Akadem xonandalik" bo'limida O'zbekiston va Qoraqalpog'istonda
xizmat ko'rsatgan artist Serjanov Kenezboy Jumaboyevichdan tahsil oldim. Shu
yilning noyabrida "Akfa Media" prodyusserlik markazi ochilgani va u
yerda yakkaxon ijrochilikka qiziquvchi yoshlar o'rtasida tanlov
o'tkazilayotgani haqida xabar topdim. Menda o'zimni sinab ko'rish uchun
imkoniyat paydo bo'lgan edi va albatta bu imkoniyatdan unumli foydalangan holda
tanlovda qatnashishga qaror qildim. Bu tanlovda kollejimizdan juda ko'plab
yigit - qizlar ham o'z nomzodlarini ko'rsatishgan edi. Ular orasida sizga
yaxshi tanish Nigora va Ziyodalar ham shular jumlasidandir. Tanlovda Nigora,
Ziyoda va men g'olib deb topildik. Uzoq tayyorgarliklardan so'ng, ilk taronam
"Yuragimda" efir orqali jarang sochganida o'zimni qo'yarga joy topa
olmaganman. Men bilan birga Ziyoda va Nigoraga ham qo'shiq yozilib, uni ham
efir orqali taqdim qilindi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng, Nigoraga yana bir
qo'shiq yozildi va uni duet shaklida kuylash rejalashtirildi. Bu duetdosh men
bo'lib chiqdim. Yodingizda bo'lsa, Nigora bilan ilk duet qo'shig'imiz
"Izlayman" edi. Ko'plab tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi.
Shundan so'ng rahbariyatimiz yana bir duet qo'shiq yaratish
taklifini bildirdi va "Sen uchun" nomli duet tarona dunyoga keldi.
Ikkinchi duet qo'shiq TV orqali taqdim qilingandan keyin bizni Oybek va Nigora
dueti deb taniy boshlashdi. Intilishlarimiz va ijodimiz orqasidan ko'plab
olqishlarga sazovor bo'ldik. Shu bilan birga ko'plab mukofotlarga erishdik.
Jumladan, turli xil tashakkurnomalar, fahriy yorliqlar, 2006 - yil "Yil
yangiligi" nominatsiyasida va eng asosiysi 2008 - yilda "Nihol"
Davlat mukofotiga sazovor bo'lishimiz biz uchun kutilmagan holat edi.
"Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lganimizdan so'ng, Oybek va men
musiqiy bilimlarimizni yanada mustahkamlash uchun 2009 yilda O'zbekiston Davlat
San'at institutiga imtiyozli tarzda qabul qilindik. Hozirda ushbu institutning
"Estrada aktyorligi" fakultetining 1 - bosqich talabasimiz. 2010
yilga kelib "Akfa Media" prodyusserlik markazi bilan tuzgan shartnoma
muddati o'z nihoyasiga yetganligi sababli ijodimizni mustaqil davom ettirishga
qaror qildik. Muxlislarimiz bundan hech ham hafa bo'lishmadi. O'ylaymizki,
kelajakda o'zimizning ijodimiz bilan dunyo miqiyosiga ko'tarilib, bundanda
katta yutuqlarga erishamiz...