Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Oybek va Nigoraning to‘yi ixcham o‘tadi, Asal oyi yo'q

Xonandalar Oybek va Nigora 21-noyabr bo‘ladigan to‘y marosimiga tayyorgarlik ko‘rish bilan band, deb yozadi “Sug‘diyona” gazetasi.
Nigora to‘y libosi tanlashda rosa ikkilanayotganini ma’lum qilgan bo‘lsa, Oybek to‘yoldi uy ta’mirlash ishlarida ustalar bilan tengma-teng ishlayapti.
“30-may kuni yaqin do‘stimizning tug‘ilgan kunida turmush qurish haqida gap ochilib qoldi. Yaxshi niyat bo‘lgan ekan… Keyin ikkimiz bu haqda gaplashdik, uyiga ota-onamni yubordim. Qolgani o‘zingizga ma’lum”, — dedi Oybek.
Nigoraning aytishicha, Oybekning uyidagilari kelishi uning oilasi uchun kutilmagan voqea bo‘lgan. “To‘yimiz oddiy, ixcham bo‘lishini istadim. To‘ydan keyin asal oyiga bormaymiz”, — deydi Oybek.
Gazeta muxbirining “Shuncha yil jurnalistlarning munosabatlaringiz haqidagi savollaridan qochib, haqiqatni sir tutganingiz sababi nimada?”, — degan savoliga xonanda Oybek shunday javob berdi:
“Ahdu-paymon qilgan bo‘lsak-da, bu haqida yaqinlarimizga aytmagandik. Bilasiz, o‘zbekchilikda bunday narsalarni kattalar bilan hal qilish kerak. Ota-onalarimizning roziligini olmay, munosabatlarimizni omma qilish to‘g‘ri bo‘lmasdi”.
Xonanda Nigoraning qo‘shimcha qilishicha, u kelinlik xizmatiga tayyor. “Hamma narsa qo‘limdan keladi. Faqat taomning tuzini sho‘rroq yo kamroq qilib qo‘ysam, aybga buyurishmas. Bilmaganimni oyijonimdan o‘rganib, namunali kelin bo‘lishga harakat qilaman”, — dedi Nigora.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11596 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: to‘yi, Asal oyi yo'q, Oybek va Nigora, ixcham o‘tadi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
baxti1987 Шайтонни йулига юришиб куйгандирда туйдан олдин )))
Like | 0
supper-krosata Oxiri töylari boptida
Like | 0
rustam9408 Baxt tilayman ularga.
Like | 0
Don9498 Baxtili b6liwsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное