Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

«Oyi, dada, urishmanglar!» yoxud ota-ona janjalining bolalarga ta`siri haqida




Go`shtsiz uy bo`lsa bordirki, urishsiz uy yo`q». Xalqimizning bu hikmati asossiz emas. Ammo oilaviy mojarolar ham turlicha bo`ladi: kimlardir darrov yarashib ketadi, boshqalar esa haftalab arazlashib, bir-birining nohaqligini isbotlash yo`lida hamma narsani, hatto farzandlarining shodligu xotirjamligini ham qurbon qilib yuboradi. Shundaylar haqida gaplashamiz.

OILAVIY MOJAROMI Yo MOJAROLI OILA?

Oilada barqarorlikni, osoyishtalikni yaratish va saqlab qolish oson ish emas. Ba`zilar kunda urishsa ham, uzoq yillar yonma-yon yashab yuraverishadi. Boshqalar esa tinchgina yashayotgandek tuyulsa-da, bir kun ajrashib ketishadi. Nega? Chunki oilada janjallar emas, balki undan keyin chiqariladigan xulosalar va bajariladigan amallar muhimroqdir. Agar tomonlar bir-birini sevsa, tushunsa va yo`qotib qo`yishdan qo`rqsa, munosabatlarni tezroq izga tushirib yuborishga harakat qiladi (xatolarni tushunish, uzr so`rash, murosa qilish).

Oilada ziddiyatlar yuzaga kelganda, eng ko`p jabr ko`radigan tomon – farzandlar. Ayni o`rinda uch xil holat kuzatiladi:

Bola oilaviy janjallarning jimgina guvohi bo`ladi.
Bola har ikki tomon alamini oladigan ob`ektga aylanadi.
Kichkintoy kattalarning qo`lida muammoni echish uchun «ko`zir qarta» vazifasini bajaradi.
MISKIN GUVOH

Bolakay ma`lum yoshga etguncha ota-onasiga psixologik jihatdan bevosita bog`liq bo`ladi. Tinch oilada o`sgan bola ruhan xotirjam, o`ziga ishongan shaxsga aylanadi. Aks holda esa, mojarolar, janjallar undagi ruhiy xotirjamlikni izdan chiqaradi, aybdorlik, vahima, o`ziga ishonmaslik tuyg`ularining avj olishiga olib keladi. Natijada, kichkintoy janjal vaqti umuman o`zining borligini sezdirmasa-da, asosiy zarba unga tushadi.

ALAMDAN ChIQISh VOSITASI

Er-xotinning o`zaro alamlari, jahli, va hatto, dushmanligi ham bolaning boshiga yog`iladi. Otasining biron qilig`i yoki gapini eslatib yuborgan o`g`il ona tomonidan zug`umlarga duch kelishi yoki onasining aytganini qilgani uchun otaning qahriga uchrashi mumkin. Ota-ona farzandlarining xulq-atvorini real baholay olmay qolishadi. Arzimas xatoga qattiq jazo yoki ochiqdan-ochiq «zotingga tortmay…» deb boshlanuvchi mag`zavaday haqoratlar kutilmaganda kichkintoyning  ustidan ag`dariladi. Kattalar bolaga nisbatan serjahl, sabrsiz va toqatsiz bo`lib qoladilar. Bu esa shundoq ham o`zini baxtsiz sezayotgan go`dak uchun ortiqcha yuk, yanayam to`g`riroq aytganda, haqiqiy zulmdir. Natijada, bola o`ziga nisbatan ishonchini yo`qotadi, odamlardan qo`rqadigan, hayiqadigan va ularni yomon ko`radigan alamzada shaxsga aylanadi.

OQIBATINI KO`RING, ChORASINI HAM...

Ba`zida ota-ona bir-biridan noroziligini bola tarbiyalash jarayoniga bevosita ko`chiradi. Bola o`z xolicha xotirjam, o`z shaxsi va individualligi bilan murosada yashashi mumkin, lekin u ota-onasining bir-birini rad etuvchi talablarini bajarishga majbur. Ona: «Men quloqsiz bolalarni yomon ko`raman!», desa, ota: «Bo`lajak erkak o`z fikriga ega bo`lishi kerak, hadeb onasining aytganini qilavermay», deydi. Har ikki holatda ham boladan norozilik, uning shaxsini qabul qilmaslik ko`rinib turibdi, lekin «yaxshi bola» bo`lish uchun talablar tamoman bir-biriga zid. Bola ota-onasining o`ziga nisbatan muomalasiga o`zicha munosabat bildirishi (gap qaytarishi, yig`lashi, isyon qilishi) mumkin, ammo ota-onasi o`rtasidagi ziddiyatga umuman ta`sir o`tkazolmaydi. Natijada, murg`ak joni bilan doimo shu ziddiyatning markazida qolaveradi. Bu ssenariy keyinchalik uning o`z oilaviy hayotiga va atrofdagilar bilan munosabatlariga ko`chadi: u na shaxsiy hayotini, na-da karerasini yo`lga qo`ya olmaydigan noshud, janjalkash shaxsga aylanadi.

Ota-onalar! Janjallar o`tkinchi, ammo ulardan bolangiz ongida qoladigan iz bir umrlikdir!  Kimdir o`zi uchun, yana birov bolasini deb oilasini saqlab qoladi. Lekin shu saqlab qolingan oilada kichkintoyga xotirjamlik, shodlik, baxt bera olsangizgina siz keltirayotgan qurbonliklardan ma`ni bo`ladi. Shunday emasmi?!


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3150 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oila
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное