Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Pazanda - Im Loving You
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Oyqiz Ertagi Yulduz Rajabova va Yigitali Mamajonovni qanday sinovlarga duchor qildi?

Rejissyor Akbar Bekturdiev o‘zbek kino tarixidagi eng qimmat filmni suratga olgani haqida xabar bergandik. Byudjeti 1,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan «Oyqiz ertagi» “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan suratga olingan ilk tarixiy ertak janridagi film bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, film bosh qahramoni Yulduz Rajabova s’yomka jarayonlarida bir necha marotaba hushidan ketgan. Xo‘sh, bu qanchalik haqiqat, bunday holatga nima sabab bo‘lgan? 
—Juda ko‘p emas, bir-ikki marotaba hushimdan ketdim. Chunki suratga olish jarayonlari Xivada, ichkari cho‘lda bo‘ldi, kiyimlarimiz esa eski va juda qalin edi. Oyoqlarimizda etiklar... Qumli joylar bo‘lgani uchun, bu qum ham yaxshigina qizdirar edi. Kiyib olgan kiymim qalin va yaxshi havo o‘tkazmaganligi uchun, hushimdan ketgan vaqtlarim ham bo‘ldi. Ammo bundan keyin yana o‘zimga kelib, suratga olish ishlarini davom ettirdik. Chunki ko‘pdan buyon shunday filmni, shunaqa jamoani kutgan edim.
Aktyor Yigitali Mamajonov ham filmdagi jang sahnalarida, murakkab tryuklarda o‘zi ishtirok etgan, bu haqda uning o‘zi shunday deydi:
—Biz uchun bu narsalar qiyinchilik emas, balki rohatdir. Chunki bolalagimdan tomdan-tomga sakrab ancha toblanganman. Qiyinchilik ozgina kiyim, jihozlari tomonidan muammo bo‘lib qoldi. Kiyimlarimiz issiqlik qilgan vaziyatlar bo‘ldi. Bilasiz, cho‘l juda issiq bo‘ladi. Bir-ikki bor oyog‘imni qayirib olganimni va yuqoridagilarni hisobga olmasa, umuman qiyinchilik bo‘lmadi desa ham bo‘ladi.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 8513 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Oyqiz ertagi, Yigitali Mamajonov, Yulduz Rajabova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
аватар отсутствует Omad yor bo‘lsin. Sevaman Yulduz Rajabovani ❤❤❤
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное