Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Oziq-ovqat mahsulotlarini sotish boʼyicha 1000 dan ortiq qoidabuzarlik holati aniqlandi
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining hududiy tuzilmalari tomonidan respublikadagi toʼqqiz mingga yaqin doʼkon, kioska, laryok va pavilьonlar kabi boshqa savdo obʼektlarida oʼrganish ishlari olib borildi. 
1033 ta, yaʼni 12 foiz holatda chakana savdo qoidalari talablari buzilgan. Shundan 764 ta holatda oziq-ovqat mahsulotlarini quyosh tagida saqlash faktlari aniqlangan. Аslida oziq-ovqat tovarlarini vitrinada quyosh nurlari va yogʼingarchiliklarning toʼgʼridan toʼgʼri taʼsiriga uchraydigan holatda saqlashga va joylashtirishga yoʼl qoʼyilmaydi.

Bundan tashqari, maxsus jihozlanmagan 50 ta savdo shoxobchalarining rastalarida goʼsht va goʼsht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari sotilayotgani maʼlum boʼldi. Savdo qoidalariga asosan, goʼsht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari (biskvit tortlar va boshqalar), yarim tayyor mahsulotlar, tayyor masalliqlar va boshqa tez buziladigan mahsulotlarni sotishga faqat sovitiladigan peshtaxtalar, vitrinalar boʼlgan taqdirda ruxsat beriladi. 

45 ta holatda esa tuxum mahsulotlarini saqlash meʼyorlariga amal qilinmagan, ular yuqori haroratda, quyosh tigʼida sotilayotgani koʼzga tashlangan. Savdo doʼkonlari peshtaxtalarida 58 ta holatda yuvish vositalari, non, un va boshqa un mahsulotlari yonma-yon joylashtirilgan, 3 ta holatda muzlatkichlar yetishmasligi, 10 ta holatda vaznlab sotiladigan mahsulotlar ochiq holatda rastalarda sotuvga qoʼyilgan. 

Tartib-qoidaga asosan yangi rezavor mevalar usti yengil gazlama (masalan, doka va hokazolar) bilan yopilishi kerak. 103 ta holatda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tartibsiz joylashtirilgani aniqlangan.


Manba:Kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 634 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oziq-ovqat, 1000, dan ortiq, holati aniqlandi, sotish boʼyicha, qoidabuzarlik, mahsulotlarini
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное