Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Ozmoqchiman. Lekin shirinliksiz yashay olmayman!


Bir bo‘lakkina shokolad yeyishga qaror qilasizu hammasini paqqos tushurgandan keyin xushingizni yig‘ib olasizmi? Nafaqat sho‘rvalarni, balki osh, va hatto mantini ham nonsiz tanovul qila olmaysizmi? Eng yomoni, yeb bo‘lgandan keyin o‘zingizni badnafslikda ayblab yurasizmi? Ehtimol sizda uglevodga qaramlik bordir? Qomat va salomatlikka ziyon keltiruvchi bunday qaramlik va undan xalos bo‘lishning oson yo‘llari bilan dietolog Dmitriy VDOVIN tanishtiradi.

Birinchi galda tan olish kerak

Ko‘pchiligimiz shirinlikni xush ko‘ramiz va bu normal holat. Faqat uni iste’mol qilishda me’yor chegaralaridan chiqish kerak emas. Agar mana shu chegaraga yaqin qolganingizni tushunishga qiynalsangiz, yoki undan o‘tib ketgandan so‘ng sergak tortsangiz sizda uglevodga qaramlik mavjud. Birinchi galda buni tan olishingiz lozim! Xo‘sh, shakar va nonsiz yashay olmasligingizni tan oldingizmi? Endi ular tarkibidagi moddalar organizmingizni qay ko‘yga solishini ko‘z oldingizga keltiring. Tez singuvchi uglevodlar tanaga tushganidan keyin insulin gormoni ishlab chiqariladi. Insulin uglevodlarni miya va boshqa organlarga yetkazib beradigan «dallol» gormondir. Shuningdek, u qondagi qand miqdorini ham nazorat qilib turadi. Biroq qand miqdori ko‘payib ketgani uchun insulin ham juda ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Keyin insulin ko‘payib ketadi-da, qand kamayadi, organizm yana va yana shirinlik talab qila boshlaydi. Xullas, xosil bo‘lgan zanjirdan chiqolmay tanamizning moddalar almashinuvi buziladi. Qondagi qandni insulin jigarga haydaydi. Jigar uni qayta ishlab bel va boshqa a’zolarda to‘planib qoladigan yog‘ga aylantiradi.

Davolamasa-chi?

Shirinlik va non faqatgina qomatimga ziyon yetkazadi deb o‘ylasangiz adashasiz. Ortiqcha vazn aysbergning uchi, xolos. Uzoq yillik tajribaga ega shirinlikxo‘rlar esa ateroskleroz, yurak-qon tomir kasalliklari hamda qandli diabetni orttirib olishlari hech gap emas. Yodingizda bo‘lsin, bu kasalliklar bilan butun umr kurashishingizga to‘g‘ri keladi. Siz shunga rozimisiz? Yo‘q, desangiz davo choralarini ko‘rishni kechiktirmang.

«Nega muzlatgich chorlayverarkin-a?»

Aslida, ikki sabab tufayli muzlatkichning atrofida girdikapalak bo‘la boshlaymiz. Birinchisi psixologik sabab. Bunda organizmimizga endorfinlar yetishmaydi. Ya’ni tana o‘ziga kerakli endorfin gormonini aynan shirinliklar orqali olishga harakat qiladi. Masalan, qattiq asabiylashdingiz yoki qo‘rqdingiz tinchlanish uchun biror narsa yeb olmasangiz o‘zingizni hotirjam his etolmaysiz. Bunday hollarda shirinlik yoki non emas, masalan, magniy mikroelementi bilan boyitilgan mineral suv iching yoki grechixa, suli yormasidan tayyorlangan taomlarni iste’mol qiling. Ikkinchisi biologik qaramlik bo‘lib, u organizmda xrom yetishmaganida yuzaga keladi. Demak, shifokor tavsiyasiga ko‘ra xrom saqlovchi biologik faol qo‘shimchalarni iste’mol qilish lozim yoki taomnomaga brokolli, go‘sht, jigar va dukkakli o‘simliklardan kiritish kerak.

«Nonsiz ovqatlanolmayman...»

Uglevod deganda faqtagina shakar va oq qandni tushunish kerak emas. Oq non, tabiiy va sun’iy sharbatlar, qovurilgan kartoshka va hatto qaynatilgan guruch ham ulevodlar ro‘yxatining dastlabki qatorlarida turadi. Jiddiy kirishgan inson taomnomasidan shakarni butunlay o‘chirishi mumkin, biroq nonsiz, hatto, osh yeyolmaydiganlar ko‘plab topiladi. Olimlar non tarkibida ekzorfin degan modda mavjudligini aniqlashdi. Aynan shu modda chegarani buzib o‘tishimizga majbur qilarkan. Agar bir bo‘lak non va bir qoshiq shakar taqqoslansa, non qondagi qand miqdorini shakarga nisbatan bir necha barobar tezroq ko‘tarishga qodir. Demak, oq non ham tanamizni shakardan kam zaharlamaydi.

Sharbat, asal, qo‘ng‘ir shakar. Hammasi zararli

Barchamiz yaxshi biladigan tabiiy va sun’iy sharbatlar ham uglevodlarning koni sanaladi. Ortiqcha santimetrlar bilan kurashishga kirishgan xonimlar va janoblar sharbatdan ko‘ra sarxil mevalardan iste’mol qilganlari ma’qul. Chunki sharbat orqali qabul qilingan uglevodlar juda tez singadi, mevalarni hazm qilish uchun esa istaymizmi, yo‘qmi quvvat sarflaymiz. Jiddiy kirishganlarga asal ham tavsiya etilmaydi. Chunki uning tarkibi toza glyukozadan iborat. Shuningdek, foydali deya ta’rifu tavsifi keltirilgan qo‘ng‘ir shakar ham o‘zimiz bilgan oq shakardan kam ziyon keltirmaydi. Aksincha, u oq shakarning ishlov berilmagan arzon turidir. «Foydali» deb o‘ylashimizda esa marketologlarning hizmatlari katta.

MAFTUNA tayyorladi.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 2818 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shokolad, ozmoqchiman
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное