Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ozod Nazarbekov joriy yilda o‘tkaziladigan konsertida jonli kuylashga va’da berdi

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Istiqlol” san’at saroyida shu yilning 7-24 aprel kunlarilf “Ardog‘imdasiz” deb nomlanadigan konsert dasturini tashkil qilishi haqida avval xabar bergan edik.
fattohxon.com nashri jurnalisti xonandaning o‘tgan yilgi konsert arafasida chiqarilgan bannerlarga “fonogramma” yozuvi qayd etilgan bo‘sa-da, 18 kun davom etgan konsert kunlarida 100 foiz jonli ijro bilan chiqish qilgani haqida eslab, unga bu yilgi dasturda qanday holat kuzatilishi bo‘yicha savol bilan murojaat etgan.
“Konsert banneriga «fonogramma» deb yozilgan. Lekin, biz 100 foiz jonli ijroga tayyormiz! Bir narsaga tushunilmayapti, 18 kun bir sahnada to‘xtovsiz konsert berish, hali dunyo tajribasida yo‘q! 18-20 kun ichida, qaysidir bir kuni inson shamollab qolishi, kasal bo‘lib qolishi ham mumkin, issiq jon axir… O‘sha bir kun ham, men agar mabodo fonogrammadan foydalansam ham, men konsertni “jonli ijro” deyishga haqqim yo‘q! Lekin, men umuman, fonogrammaga tayyorgarlik ko‘rmayapman! Chunki, biror kun, ozgina bo‘lsa ham, fonogrammadan foydalanilsa, “jonli ijro” deyilgan edi, nega fonogramma?” deyilsa, bunday mojaroning nima keragi bor? Undan ko‘ra, “fonogramma” deyilsa ham, men jonli ijroda kuylayman. Jonli ijroni bilganlar bemalol ajratib olishadi! Shuning uchun ham, men yangi konsert dasturimni “fonogramma”, deb e’lon qildirdim. Lekin, o‘zimning tayyorgarligim 100 foiz jonli ijrodagi konsertga bo‘lmoqda”, – deydi Ozodbek Nazarbekov.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2950 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ozod Nazarbekov, Ozodbek Nazarbekov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
guli101192 Qani endi hamma shudax qilsa
Like | 0
guli101192 Uxu zor bo'lardida Ozodbek akaga omodlar
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное