Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ozoda Saidzoda yangi yilni yangi albom bilan boshladi


Yangi yilga bag‘ishlab o‘tkazilgan balda Ozoda Saidzoda o‘zining yangi "E’tirof et” nomli albomini taqdim etdi. Bu haqda "Shov-shuv” nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu albom ustida xonanda olti yil davomida ishlagan.

Ozoda musiqiy albomdan joy olgan barcha qo‘shiqlarni jonli tarzda ijro etdi. Bek-vokalda san’atkorning shogirdlari unga jo‘r bo‘lgan bo‘lsa, raqsda "Parizoda” raqs dastasi hamohang bo‘ldi, deyiladi xabarda.


Ozoda Saidzoda taqdimot davomida so‘zlagan nutqida san’atimiz uchun jon berib, fidokorona mehnat qilish har bir san’atkorning burchi ekanini ta’kidlab, aynan shu burch unga tinimsiz izlanishda bo‘lishga kuch bag‘ishlashini bildirdi. "Toki hayot ekanman, kuylashdan charchamayman!” — dedi xonanda.

Manba:daryo.uz, shov-shuv.uz



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4741 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ozoda Saidzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное