Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Paxtakor” faqat hujumkor futbol ko‘rsatadi, bunga va’da beraman. “Sherlar”ning yangi ustozi Slavche Voyneski ishtirokida dastlabki matbuot

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi 2022-yilgi mavsumda chiroyli futbol ko‘rsatib, chempion jamoani o‘z maqomida saqlab qolishni maqsad qilgan. Bu haqda klubning yangi bosh murabbiyi Slavche Voyneski 13-yanvar kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

“Paxtakor”dek jamoaga kelganimdan xursandman. “Paxtakor” nafaqat sovrinlar, balki har taraflama O‘zbekistondagi eng katta klub. Murabbiy uchun bunday klubda ishlash juda katta mas’uliyat. Superliga, O‘zbekiston Kubogi va Superkubokda zafar quchishga intilamiz. Deyarli 40 kundan so‘ng Superkubok bilan mavsumni boshlaymiz.

Chempionlar Ligasida ham yaxshi ishtirok etishga intilamiz. Sovrinlar o‘z yo‘liga, biz O‘zbekistonda eng yaxshi va hujumkor futbolni namoyish qilishimiz kerak. Yaxshi o‘ynasak, bu bilan milliy terma jamoaga ham yordam beramiz.

Slavche Voyneski, “Paxtakor” bosh murabbiyi

(Сhapdan o‘ngga) “Paxtakor” jamoasi tijoriy direktori Baxtiyor Mametov, jamoa bosh murabbiyi Slavche Voyneski va jamoa sport direktori Ja’far Irismetov

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Slavche Voyneskining so‘zlariga ko‘ra, u so‘nggi olti oyda o‘zbek futboli haqida ko‘p ma’lumotlarni o‘rgangan. Murabbiy jurnalistlarga jamoa hujumkor futbol ko‘rsatishini aytib, va’da berdi.

“Daryo” muxbirining “Paxtakor”da budjet qisqarayotgani jamoani yetakchilar tark etishi bilan birga, natijaga ham ta’sir qilish ehtimoli haqidagi savolga murabbiy shunday javob berdi:

“Butun dunyoda koronavirus bilan bog‘liq holatlar sabab klublar rahbariyatiga oson emas. Bunday holatga moslashish kerak. ‘Paxtakor’dan ba’zi yetakchilar ketdi, lekin tarkibda yaxshi saviyadagi ijrochilar jamlangan. Yana ba’zi kuchayishlar bo‘lishi mumkin. Yaxshi ishlagan taqdirimizda mavsum oxirida ijobiy kayfiyatda bo‘lamiz”.

Jamoa sport direktori Ja’far Irismetov ham ushbu savolga javob berarkan, jamoani Anzur Ismoilov tark etishi katta yo‘qotish bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.

“Uning o‘rnini to‘ldirishga urinamiz. Murabbiy bilan bir necha variantlarni ko‘rib chiqamiz. Qolgan asosiy tarkib o‘yinchilarini saqlab qoldik. Avazbek O‘lmasaliyev va Mirjahon Mirahmadov kabi yosh futbolchilar bilan shartnoma imzoladik. Sardor Sobirxo‘jayevni olib qolishga harakat qilyapmiz. Shuningdek, yaqin orada yana bir futbolchining safimizga qo‘shilishi hal bo‘lishi mumkin. Bu jamoamizni ancha kuchaytirgan bo‘lardi. Sardor Rashidov ayni paytda mashg‘ulotda qatnashmoqda. U murabbiyda ijobiy taassurot qoldirdi”, — deydi Irismetov.

Slavche Voyneskining ta’kidlashicha, u “Paxtakor” taklifini qabul qilgandan keyin Turkiya klubidan ham taklif tushgan, biroq murabbiy uni rad etgan.

“Olti oy ilgari menejerim ‘Paxtakor’da murabbiy o‘zgarishi mumkinligini aytdi. Dekabrda esa janob Piter qolishini aytishdi. Keyin esa oradan bir oy o‘tib ‘Paxtakor’dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va ishga taklif etishdi. To‘rt daqiqadan so‘ng esa Turkiya klubidan qo‘ng‘iroq va taklif bo‘ldi. Lekin men ‘Paxtakor’ga rozilik bildirib bo‘lganim sababli keyingi taklifni rad etdim. Va’da berdimmi, buni bajaraman”, — deydi shimoliy makedoniyalik mutaxassis.

Ja’far Irismetov, shuningdek, Slavche Voyneskining oldiga “Paxtakor” bilan ichki musobaqalarda g‘oliblikka erishish vazifasi qo‘yilganligini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Piter Hyuistra chempionat yakunidan keyin klubga 3-yanvar kuni qaytishi kerak bo‘lgan. Biroq niderlandiyalik mutaxassis jamoa bilan aloqaga chiqmagan.

Eslatib o‘tamiz, 11-yanvar kuni “Paxtakor” Slavche Voyneski bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Avvalroq “Paxtakor” “Daryo”ga jamoaning niderlandiyalik bosh murabbiyi Piter Hyuistra bilan hamkorlik davom ettirilmasligini ma’lum qilgandi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 902 | Рейтинг: 0| Рейтинг: va’da, Paxtakor, matbuot, dastlabki, bunga, Sherlarning, Futbol, beraman, yangi, Faqat, anjumani, Slavche Voyneski, ko‘rsatadi, hujumkor, o‘tdi, ishtirokida, ustozi, bo‘lib
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное