Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Choli Qushi-soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Pentagon: “O‘zbekiston va Tojikiston aviatexnikalarni Afg‘onistonga qaytarmaydi”

2021-yilning avgustida toliblar Kobulni qo‘lga kiritganidan so‘ng O‘zbekiston va Tojikistonga borib qolgan Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari samolyotlarini joylashtirish masalasi hamon ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Pentagonning rasmiy vakili Jon Kirbi 18-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Gap Afg‘oniston harbiylari qo‘shni mamlakatlarga qochib o‘tgan samolyot va vertolyotlar haqida ketmoqda. O‘tgan hafta Afg‘oniston muvaqqat hukumati mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub aviatexnikalarni qaytarmasa O‘zbekiston va Tojikistonni “buning oqibatlari kutayotganidan” ogohlantirgan edi.

“Biz hozircha mazkur vertolyotlarni joylashtirish masalasi ustida ishlayapmi. Menda ular bo‘yicha qanday yo‘l tutilishiga oid so‘nggi ma’lumotlar mavjud emas. Biroq men ishonch bilan ayta olamanki, ular ‘Tolibon’ foydalanishi uchun Afg‘onistonga qaytarilmaydi”, — deydi Jon Kirbi.

Eslatib o‘tamiz, 16-avgust kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi (keyinroq oxiriga qadar tekshirilmagani ma’lum qilingan) mamlakat havo makonini ichida 585 nafar afg‘on harbiy xizmatchisi bo‘lgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot kesib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Kuzatuv davomida Embraer-314 va MiG-29 samolyotlari to‘qnashib, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududiga qulagan. Oktabr oxirida Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha bosh inspektori (SIGAR) hisobotida toliblar tomonidan ag‘darilgan hukumatning Harbiy havo kuchlariga tegishli harbiy samolyotlarning chorak qismi O‘zbekiston va Tojikistonda ekani ma’lum qilingandi. “Tolibon” Afg‘onistonni egallagunga qadar mamlakat harbiy aviatsiyasida 160 ta samolyot bo‘lgan.

Yanvar oyi boshida “Tolibon” muvaqqat hukumati matbuot kotibi o‘rinbosari Imonulla Samanganiy Toshkent va Dushanbe bilan vertolyotlarni qaytarish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1559 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qaytarmaydi, Afg‘onistonga, Tojikiston, aviatexnikalarni, O‘zbekisto, va
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное