Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Pazanda - The Sound of Love
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck 2
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Pole Chudes” televizion o‘yini o‘zining 25 yillik yubileyininishonladi

Rossiya televideniesining Birinchi kanalida efirga uzatiladigan mashhur “Pole Chudes” (“Mo‘’jizalar maydoni”) televizion o‘yini o‘zining chorak asrlik – 25 yillik yubileyini nishonladi.
Bu davr ichida ko‘rsatuv tomoshabinlarning qiziqishini muqarrar ushlab turibdi. Kapital-shouda chorak asr ichida deyarli hech narsa o‘zgarmadi: o‘sha baraban, o‘sha qoidalar, o‘sha lotoreya. Teletanqidchilarning fikricha, “Pole chudes” ko‘rsatuvi haqiqatda o‘ziga xos hodisadir.
Ko‘rsatuv boshlovchisi Leonid Yakubovich ko‘rsatuvning uzoq umr ko‘rishi siri nimada ekanligini ayta olmasligini tan oldi. “Bu savolga javob berish qiyin, biroq shuni ayta olamanki, sobiq ittifoq paytidagi ko‘rsatuvlardan faqatgina biz va KVNgina qoldi”, deb aytmoqda “Lyonya amaki”. 

Yakubovichning aytishicha, “Pole chudes” uning hayotining kattagina qismini tashkil qiladi. “Men hech qachon o‘zim olib boradigan ko‘rsatuvni televidenie orqali tomosha qilmagan, chunki ko‘pchilik odamlar kabi men ham o‘zimdan ko‘nglim to‘lmaydi. Menga o‘zimning ovozim ohangi, xatti-harakatlarim yoqmaydi va eng asosiysi men takrorlanishdan juda qo‘rqaman, chunki dasturning ssenariysi yo‘q, hammasi yo‘l-yo‘lakay ijod qilinib ketaveriladi”, deb aytdi Yakubovich TASS agentligi muxbirining savollariga javoban.
“Yagona narsa shuki, ko‘rsatuv boshlanishiga 7 daqiqa qolganda men ko‘rsatuv ishtirokchilaridan nima haqida gapirmasligim, qanday mavzularga to‘xtalmasligim haqida so‘rab olaman. Qolgan barchasi esa 2,5 soatlik kulgu, hazil-mutoyiba, xursandchilik va oqibatda bularning barchasi 50 daqiqalik dastur ko‘rinishiga olib kelinadi”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi “Barabanni aylantiring” va “Shunday harf bor” deb aytishdan charchamaydigan Yakubovich.


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3739 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Pole chudes
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
abbos996 Qoyil yubiley muborak. Juda qiziqarli o'yinda uziyam
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное