Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы »

Prezident Navro‘zni nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi

24-fevral kuni Prezident Islom Karimov "2014-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi. Qarorning to‘liq matni O‘zA saytida berilgan.

Qarorda xalqimiz uchun sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy, milliy bayram bo‘lmish Navro‘z ayyomini markazda va joylarda munosib nishonlash mamlakatimizda ezgu an’anaga aylanib qolgani ta’kidlangan.

Bugungi kunda ushbu umummilliy bayramning insonlarning ma’naviy hayotidagi o‘rni va ta’siri, insonning tabiat bilan uyg‘un bo‘lib yashashi, uning qalbida ezgulik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik kabi olijanob tuyg‘ularni uyg‘otish, jamiyatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodimizni milliy qadriyat va an’analarimiz ruhida kamol toptirish borasidagi ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Prezident qaroriga muvofiq bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita hamda ijodiy guruh tarkibi tasdiqlanishi lozim. Tashkiliy qo‘mita va uning hududiy bo‘limlariga Navro‘z bayramini Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman va qishloqlarda umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga qaratilgan, "Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!” degan shiorni asosiy g‘oya sifatida o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish topshirilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘tkaziladigan bayram tadbirlari respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar, jamg‘armalar hisobidan, Toshkent shahrida esa O‘zbekiston Respublikasi byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanishi belgilangan.

 Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilgan.

Manba:daryo.uz



Категория:
Просмотров: 6630 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Prezident, Navro‘z
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное