Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Prezident yangi qonunni imzoladi


«Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qonun bilan kasaba uyushmalari faoliyatining qonuniylik, ixtiyoriylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish kabi asosiy prinsiplari belgilandi.

Jumladan, fuqarolar o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun o‘z tanloviga ko‘ra ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish, a’zo bo‘lish, a’zolikdan chiqish huquqiga ega.

Qonunda kasaba uyushmalarining tadbirkorlik faoliyatiga oid normalar belgilandi.
Kasaba uyushmalari o‘z ta’sis hujjatlarida belgilangan maqsad va vazifalar doirasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.

Kasaba uyushmalari faoliyatining kafolatlarini kuchaytirish maqsadida ish beruvchining majburiyatlari aniq belgilab berildi.
Jumladan, ish beruvchi xodimlarning manfaatlariga daxldor qarorlar qabul qilingunga qadar kasaba uyushmalari bilan maslahatlashuv o‘tkazishi shart.

Qonunga ko‘ra davlat kasaba uyushmalari faoliyatini subsidiyalar, grantlar, ijtimoiy buyurtmalar shaklida va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.



Manba:zamin.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2468 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное