Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Prinsning o‘limi sababi aniqlandi

Amerikalik qo‘shiqchi Prins opioid preparatni tasodifiy oshirib yuborishi natijasida vafot etgan. Bu haqda CNN kanali sudmedekspertlarning ma’lumotiga tayanib xabar bergan.
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, artistning o‘limiga fentanil sabab bo‘lgan.
Shifokorlar bu dorini saraton kasalliklarini davolashda tavsiya qilishadi, biroq preparat noqonuniy ishlab chiqarilgan bo‘lishi ham mumkinligini ta’kidlashdi. Uni AQShdagi dozani oshirib yuborish natijasidagi o‘limlarning sabablaridan biri deb atashadi. 
Berilgan ma’lumotda fentanilning qanday holatda qabul qilinganiga oydinlik kiritilmagan - dorini shifokor tavsiya qilganmi yoki u noqonuniy ishlab chiqarilganmi - bunisi hozircha noma’lum.
Toksikologik test natijalari bo‘yicha to‘liq hisobot oshkor etilmaydi. 
Shunisi e’tiborga molikki, TMZ nashri Prinsning o‘limi to‘g‘risidagi guvohnomani chop etgan, unga ko‘ra, artistning o‘limi qayd etilgan rasmiy sana - 21 aprel, soat 10:07.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6102 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Prins
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное