Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Pul va Gul ishqi Yangi turk serial (Kara Para Ask, Uzbek tilida)


Dunyoning 28 tiliga dublyaj qilingan bu serial tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olishi shubhasizdir. Zero, “Pul va gul ishqi” so`nggi o`n yillikning eng mashhur seriallaridan hisoblanadi. Serial detektiv seriallardek boshlandi biroq, kutilmagan fojea O`mer va Elif yo`llarini birlashtiradi. Jinoyat joyiga kelgan O`mer mashinada qallig`i va Ahmet Denizerni o`lik holda topadi. Bu ayanchli fojea O`mernijudaolik alamidanda kuchli jumboqli savollar iskanjasiga soladi. O`mer va Elifning favqulotda vaziyatdagi tanishuvi ular hayotidagi sinovlarning ibtidosi edi. Agar bu bir ko`rishda muhabbat deganlari shu bo`lsa ilk uchrashuvdayoq uchqun otib, kelajakda otashin ishqqa aylanishi turgan gap edi. Ularning ikkisi ham oliyjanob va yuksak insoniy fazilatlar egasidir.

Serialdagi voqealarning keskin tus olish hollari ko`p uchrasa-da, aslan olib qaralganda, undagi asosiy mohiyat insoniy munosabatlar, undagi samimiyat va xiyonat, turfa xil kutilmagan sinovlarga boydir. Dunyo yaralibdiki uning ibtidosida barcha yoqimli va ijobiy hislar bilan bir qatorda yoqimsiz va salbiy holatlar ham unga chambarchas bog`liq holda yashab keladi. Ulardan biri – xiyonat. U shunday bir qabih odatki, shunday bir razolat makoniki, unga qadam qo`ygan odam, keyin ming urinmasin uning girdobidan chiqa olmay qoladi. Serial ham aynan taqdiringga bitilmaganga ko`ngil berish seni qanchalar murakkab sinovlar girdobida qolishingga, bu tarzda hayot kechirish kishini aqldan ozish darajasigacha olib borishi mumkinligidan so`zlaydi. Xolbuki, serialda muhabbat chindan ham asosiy mavzu bo`lib, u o`zgacha bir ruhiyatda boyitilgan. Omer va Elifning muhabbat qissasi har qanday tomoshabinni befarq qoldirmasligi turgan gap. Ular bir-birlarisiz bir lahza ham yashay olishmaydi. Bir-birlari uchun jonini berishga ham tayyor bo`lgan chinakam telba oshiqlardir.

SERIALNI KO'RISH VA KO'CHIRISH



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4233 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Pul va gul ishqi, Kara Para Ask, yangi turk serial
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное