Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Putin AQShning Donbassda yana urushni avj oldirish niyati bor-yo'qligi bilan qiziqmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta'kidlashicha, AQSh hukumatining xatti-harakatlari AQShning Donbassda yana urushni avj oldirish niyati yo'qmasmikin degan fikrga kelishga majbur qilmoqda, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Bu haqda Putin Turkiyadagi “katta yigirmatalik” sammiti oldidan aytib o'tdi.

“Jangovor harakatlar tugatilgan va otishmalar gohida sodir etilayotgan bir paytda AQSh kongressi tomonidan Ukrainaga qirg'in qurollari etkazib berish imkonini beruvchi qarorlar qabul qilinishi tushunarsizdir. Bunday vaziyatda urushni yana avj oldirish va jangovor harakatlarni keltirib chiqarish istagi yo'qmikin degan savol tug'iladi”, deb aytdi Putin.

Putinning ta'kidlashicha, ayni paytda “ixtilof tomonlari umumiy echimni qidirishni boshlashlari juda muhimdir”.

Putinaytishicha, Donetsk va Luganskdagi mahalliy saylovlarning qoldirilishi majburiy chora bo'lgan, chunki Kiev “12 fevraldagi Minsk kelishuvlarini aniq bajara olmagan va tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari bilan saylovlarni tashkil qilish masalalari bo'yicha kelisha olmagan”.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1900 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Putin AQShning Donbassda yana urush
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное