Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Qalpoq” ijodkori xo‘roz tufayli televideniega kelib qolganini aytib berdi

“Qalpoq” teledasturi ijodkorlaridan biri Rahmonali Suropov “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida televideniedagi loyihasi u xo‘rozga televizor yoqishni o‘rgatgani tufayli ishga tushirilgani haqida hikoya qilib berdi.
“ Asli sirkda masxarabozlik qilardim, - dedi u. – Mo‘ylov taqib, yasama qorin ustidan chopon kiyib sahnaga chiqardim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tolib Hojiev miniatyurachilar studiyasiga kelgach, yoniga chaqirdi. Aynan o‘sha yerda kamera oldida o‘zini tutish qoidalarini o‘rgandim. Bir kuni Olimjonni chaqirib, ko‘rsatuv tashkil etishni taklif qildim. U esa biroz ikkilandi. Birinchi ishimizni rolik bilan boshlamoqchi bo‘ldik. Rolikda xo‘roz televizorni yoqishi kerak edi. Olimjon buni bachkanalik, dedi.
Men esa fikrimdan qaytmadim. Uyga xo‘roz olib kelib, unga televizor yoqishni o‘rgatdim. Bu biroz mushkul bo‘ldi. Biroq shu rolikdan keyin ko‘rsatuv olishga ruxsat berildi”.
“Bir oy tarbiyalaganimdan so‘ng, xo‘roz gapimga kira boshladi, - so‘zida davom etdi qiziqchi. – Lekin shungacha ayolim bilan ancha aytishganmiz. Axir, bir xonali uyda xo‘roz boqishning o‘zi bo‘ladimi? Buning ustiga xo‘roz uyni shu darajada betartib qilardiki”.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4078 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qalpoq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное