Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qamchiq dovonida “baliq yomg‘iri kuzatilgani” haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida “baliq yomg‘iri” kuzatilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. IIV YHXBB mazkur holatga munosabat bildirib, baliqlar YTH oqibatida sochilib ketganini ma’lum qildi.

 
Ma’lum qilinishicha, 26-noyabr kuni soat 16:30 larda Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 227-kilometrida haydovchi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 45 yoshli F.A. boshqaruvidagi “Zamyad” rusumli avtomobilning shinasi havo chiqarib yuborishi oqibatida transportga ortilgan yelim idishlar ag‘darilgan va uning ichida bo‘lgan baliq mahsulotlari avtomobil yo‘liga sochilib ketgan.

Mazkur transport hodisasida hech kim jabrlanmagan. “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yo‘lga sochilib ketgan baliq chavoqlarining asosiy qismi nobud bo‘lmasdan yig‘ishtirib olingan.

 
Hozirda holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv olib borilmoqda.
 


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1954 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qamchiq, berildi, ma’lumot, xabarlar, yomg‘iri, dovonida, rasmiy, haqidagi, yuzasidan, baliq, kuzatilgani
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное