Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qamchiq dovonidan 19.1 km li temir yo‘l tunneli o‘tkazilmoqda

Angren-Pop yo‘nalishi bo‘yicha qurilayotgan elektrlashgan temir yo‘li uchastkasida 19.1 km li tunnel quriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, tunnelning loyihalashtirilishi eng zamonaviy tajribaga asoslanib, o‘z ichiga xavfsizlik yo‘laklarini, galereyalarni, ventilyatsion xonalar va muhandislik kommunikatsiyalarini oladi. Jahon tunellarining murakkab konstruksiyasi reytingida ushbu tunnel 8-o‘rinni, tunnel ichidagi temir yo‘l qoplamasi uzunligi bo‘yicha 13-o‘rinni egallaydi.
Ta’kidlanishicha, yangi po‘lat magistral yaqin kelajakda Markaziy Osiyoni Xitoy bilan bog‘lashga va tranzit sohasida imkoniyatlarni ochib berishga xizmat qiladi.
Qurilishga 4 250 mutaxassis va 720 texnika vositasi jalb qilingan. Bugungi kunda amalga oshirilgan ishlar hajmi 43 mln kubometrni, burg‘ulash va portlatish ishlari 16.3 mln kubometrni tashkil qildi. 285 suv quvuri va 6 yo‘l o‘tkazgich, 13 temir yo‘l ko‘prigi, “Orzu” vokzali, Ko‘l, Temiryo‘lobod, Qo‘shminor temir yo‘l stansiyalari qurib bitirildi. Angrendan tunnelning g‘arbiy kirishigacha hamda sharqiy kirishdan Popgacha bo‘lgan yo‘l uchastkasi elektrlashtirildi.
Loyiha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2013 yil iyulidan boshlab amalga oshirilmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6225 | Рейтинг: 1| Рейтинг: temir yo'l, Qamchiq dovoni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное