Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qamchiqda «Isuzu” va 2 ta «Lasetti” ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan avtohalokat yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

2022 yil 20 avgust kuni soat 01:45 larda, A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘li 223-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

“Isuzu” rusumli avtomobilni Vodiy-Toshkent yo‘nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, o‘z oldida harakatlanib ketayotgan 2 ta “Lasetti” avtomashinalari bilan to‘qnashib, yo‘l har ikkala qismini ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan. 


 
Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan. “Isuzu” avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan. 
 
Mazkur holat bo‘yicha Namangan viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan JK 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 638 | Рейтинг: 0| Рейтинг: va, Isuzu, Halok, Qamchiqda, ishtirokidagi, YTHda, 2 ta, kishi, Lasetti, ikki, bo‘ldi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное