Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Qashqadaryoda chempion Elbek Rahimov o‘ldirilgani yuzasidan 26 nafar shaxsga nisbatan sud boshlandi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 2021-yil 17-avgust kuni ushu-sanda bo‘yicha jahon chempioni, MMA jangchisi Elbek Rahimov o‘ldirib ketilgandi. Sud axborot xizmati rahbari Farhod Tilovov “Daryo”ga holat yuzasidan ochiq sud boshlanganini ma’lum qildi.

Elbek Rahimov (chapda)

Foto: Telegram

Qayd etilishicha, 6-yanvar kuni Qashqadaryo viloyat sudida sudlanuvchi T.A. va boshqalar (jami 26 shaxs) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud boshlangan. Jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat sudi sudyasi F.Yusupov raisligida ko‘rilmoqda.

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 97 (qasddan odam o‘ldirish), 28,104 (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 104, 105 (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 109 (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 127 (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish), 28,137 (odam o‘g‘irlash), 137, 169 (o‘g‘rilik), 210 (pora olish), 28,211 (pora berish), 230 (aybsiz kishini javobgarlikka tortish), 238 (yolg‘on guvohlik berish), 241-1 (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish), 28,277 (bezorilik) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Sud 2022-yilning 13-yanvar kuniga qadar tanaffus e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, sport ustasi Elbek Rahimov 17-avgust kuni soat 09:45 da ko‘p qavatli uydagi xonadoni oldida bir guruh shaxslar tomonidan o‘ldirib ketilgan. “Yigitni avvaliga rosa do‘pposlashgan. So‘ngra pichoqlab, yarimjon holatda mashinaga tiqib olib ketishgan. Marhumning jasadi Chiroqchi tumanining Yettitom qishlog‘idan topilgan”, — degan “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan manba.

Sodir bo‘lgan mudhish qotillik haqida gapirgan voqea guvohlari 102 qisqa raqamlariga xabar berilganidan so‘ng, IIB xodimlari voqea joyiga 40-45 daqiqada yetib kelganini, shu bois qotillikning oldi olinmaganini aytgan. “102 ga shaxsan o‘zim uch marta qo‘ng‘iroq qildim. Xo‘p, ariza qabul qilindi, yozib oldik, deya menga qo‘pollik qilishdi. Ular kelishganda esa, bezori bolalar yigitni yarimjon holatda mashinaga tiqib olib ketishgandi”, — degan guvohlardan biri.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1804 | Рейтинг: 0| Рейтинг: shaxsga, nafar, 26, chempion, Qashqadaryoda, nisbatan, boshlandi, o‘ldirilgani, yuzasidan, sud, Elbek Rahimov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное