Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Qashqirlar makoni”ning Turkiya hukumati uchun o‘ta muhim filmi tayyorlandi


Ko‘pchilikka ma’lum, turk kinoijodkorlari tomonidan qariyb 10 yildan buyon suratga olinib kelinayotgan “Qashqirlar makoni” serialida dunyoning ko‘plab mintaqalarida ro‘y berayotgan voqealarga e’tibor qaratiladi.

Serialning boshlang‘ich qismlarida mafiyaning davlat faoliyatida tutgan o‘rni va boshqa maishiy mavzular yoritilgan bo‘lsa, keyingi qismlar xalqaro munosabatlar, xususan, AQSh razvedkasi, Turkiya, Iroq, Suriya, Rossiya, Eron, BAA kabi mamlakatlarning o‘zaro aloqalari, xalqaro terrorizm va ekstremizm, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashga e’tibor qaratilmoqda.

Xabaringiz bor, 2016 yilning 15 iyul kuni Turkiyada mamlakat harbiylari tomonidan Konstitusion tizimga qarshi davlat to‘ntarishiga urinish amalga oshirildi. Mazkur to‘ntarish to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukumatga va Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga qaratilgan edi.

15 iyul kuni soat 20:00 atrofida davlat to‘ntarishiga urinish markaziy shahar Istanbul va poytaxt Anqarada boshlandi. Harbiylar “TRT1” telekanaliga hujum qilib, TV orqali davlat to‘ntarishi amalga oshirilgani va hukumat Turkiya qurolli kuchlari ko‘liga o‘tganini zo‘rlik bilan e’lon qildirdilar.

O‘sha vaqtda davlat rahbari ta’tilda, Marmarisda edi. Rajab Toyib Erdo‘g‘an joylashgan mehmonxona ham bombalandi. Bu vaqtda esa Prezident mehmonxonani tark etgan edi.

Davlat rahbari ushbu fitnaga qarshi turishda faqat xalqdan madad olishini, xalq har qanday davrda eng katta kuch bo‘lgani, bunday kuchni boshqa uchratmaganini aytib, odamlarni Vatan mustaqilligini saqlab qolish, bayrog‘ini poymol etmaslik, yurt kelajagini sotqinlarga berib qo‘ymaslikka chaqirib, ularni televidenie orqali maydonlarga, aeroportlarga da’vat etdi.

Anqarada Qiziloy maydoni, Istanbulda Bo‘g‘oz ko‘prigi davlatga qarshi chiqqan harbiylar tomonidan egallandi. Turkiyaning Suriyaga chegaradosh bo‘lgan Shonli Urfa viloyatidagi chegara postiga ham hujum uyushtirildi, bir qancha harbiylar o‘ldirildi. Maqsad – Suriya va Turkiya chegarasida payt poylab yotgan IShID jangchilarini mamlakatga suqish, falokatlar geografiyasi va jabrlanuvchilar sonini ko‘paytirish, hukumat e’tiborini boshqa nuqtaga qaratish va xalqni qo‘rqitishdan iborat edi.

Xalq ishonib topshirilgan hokimiyatni osonlikcha sotqinlar qo‘liga topshirishni istamadi. Ko‘chalar, maydonlar qo‘lida turk bayrog‘ini ko‘targan vatanparvar erkak-u ayollar, yigit qizlarlarga to‘ldi. Dini, irqi, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar hamma Vatan uchun bir yoqadan bosh chiqardi.

Bu kun Turkiyada qonli sahifalar bilan, ammo o‘zgacha shon, o‘zgacha sharaf bilan yozilib qoldi. Milliy iroda zafar quchdi. Xalq vakillaridan 249 nafari o‘q yomg‘iridan vafot etdi. Yana yuzlab odamlar jarohatlandi, biroq mamlakat mustaqilligi saqlab qolindi. Tongga bormay, davlat to‘ntarishiga urinish besamar kechgani e’lon qilindi, Prezident Erdo‘g‘an xalq bilan uchrashgani maydonlarga chiqdi.

Davlat to‘ntarishi AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Fathulloh Gulen tomonidan amalga oshirilgani e’lon qilindi. Unga tegishli ta’lim muassasalari yopildi, boshqa mamlakatlarga ham FETO terrorchilik guruhi haqida ma’lumot yetkazilib, Fathulloh Gulenga tegishli ta’lim muassasalarini yopish yuzasidan bayonot kiritdi. (O‘zbekistonda ushbu maktablar Birinchi Prezident Islom Karimov topshirig‘i bilan 2000 yilga qadar yopilgan edi).

Ushbu davlat to‘ntarishi samarasiz kechganiga qaramay, Turkiyaning butun dunyoda tutgan mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Sayyohlar oqimi sezilarli darajada kamaydi.

Kecha, 20 mart kuni Turkiyaning markaziy telekanali – “TRT1”da “Qashqirlar makoni – Vatan” falmining ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu film 2016 yil 15 iyul voqealari asosida suratga olingan bo‘lib, undaTurkiyadagi davlat tantarishiga urinish yoritilgan. Filmda asosan Suriya va Turkiya chegara hududidagi qishloqda ro‘y bergan voqealar aks etgan.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 7285 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qashqirlar makoni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное