Qasoskorlar yetim qoldi: Kapitan Amerika pensiyaga chiqdi
Gollivud yulduzi aktyor Kris Evans “Marvel”dan ketishini e’lon qildi, deya xabar berdi Gazeta.ru nashri.
Aktyorning aytishicha, u “Qasoskorlar 4” kinoloyihasining suratga olish ishlaridan so‘ng superqahramonlik filmlarini tark etadi. Endilikda Kapitan Amerika rolida qaysi aktyorni ko‘rish mumkinligini vaqt hal etadi.