Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Qattiq bosh og‘rig‘idan qanday halos bo'lish mumkin


Bosh og‘rig‘i ishlay olish layoqatini yo‘qotishga olib keladigan kasalliklar orasida uchinchi o‘rinda turadi. Bular orasidan eng ko‘p tarqalgani aqliy zo‘riqish tufayli yuzaga keladigan bosh og‘rig‘idir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzining 1,5 milliard aholisi aynan bosh og‘rishidan aziyat chekadi.

Aqliy zo‘riqish tufayli paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i
Bunday kasallikda insonni bosh og‘rig‘idan boshqa narsa bezovta qilmaydi. Shu sabab uni migren bilan yanglishtiradi. Aqliy zo‘riqish tufayli yuzaga keluvchi bosh og‘rig‘ini quyidagi belgilar orqali farqlash mumkin:
• Boshning ikkila yon tomoni og‘riydi. Og‘riqlar bosuvchi yoki qisuvchi xarakterga ega.
• Og‘riqlar yengil va o‘rtacha og‘irlikda bo‘lgani sabab inson o‘z professional vazifalarini bajarishda davom etaveradi. Ammo uning produktiv ish faoliyati sezilarli darajada susayadi.
• Jismoniy harakatlar vaqtida og‘riq yanada kuchayadi (yurganda yoki zinadan ko‘tarilib-tushishlarda ham).

Nimalar sabab bo‘ladi?
• Aqliy faoliyat bilan muttasil shug‘ullanish
• Xavotir yoki kayfiyat tushishi
• Stress, ziddiyatli vaziyatlar
• Yetarlicha dam olmaslik
• Surunkali charchoq
• Idora sharoitida tanafussiz ishlash
• Ko‘pincha 30-60 yoshlar orasidagi insonlarda kuzatiladi. Bunda kam muloqotga kirishish, oylik maoshning yetishmasligi kabi bir qator omillar sabab bo‘ladi.

Boshim og‘rimasin desangiz
Avvaliga bosh og‘rig‘ining sababini aniqlab olish zarur. Insonning neyro-psixologik salomatligi bilan shug‘ullanuvchi olimlar bu og‘riqlarni chetlab o‘tish uchun quyidagi oddiy ko‘rsatmalarga amal qilishni tavsiya qilishadi:

1. Ishdan keyin, albatta, dam oling. Hordiq chiqarishning yetishmasligi asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: siz o‘ta ta’sirchan bo‘lib qolasiz. Haftada 5 yoki 6 kun ishladingizmi? Unda yettinchi kuni uyda dam oling, hordiq chiqaring. Dam olish kunida zalga borish, jismoniy faollik bilan mashg‘ul bo‘lish sizni yaxshi chalg‘itadi.
2. To‘yib uxlashni unutmaslik kerak. Tungi uyqu 8 soatni tashkil qilishi kerak. Ushbu muddat davomida miya hujayralari o‘zini tiklab olishga ulguradi.Uxlashdan avval xonada qorong‘u muhit yaratilishi kerak: pardalar zich yopilishi, chiroq o‘chirilishi lozim. Bu harakatlar organizmni yashartiruvchi va faollikni ta’minlovchi gormon melatonin ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. To‘shakka yotganingizdan keyin gadjetlardan foydalanmang.

3. O‘z salomatligingizga g‘amxo‘rlik qilishni unutmang. Salomatligiga e’tibor bermaydiganlarda bosh og‘rig‘i ko‘proq kuzatiladi. Tanangizdagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida e’tibor bering, shifokorga ko‘rinib turing.

Bosh og‘rishni boshlaganda nima qilish kerak?

Eng avvalo, shifokor chaqirish lozim. Og‘riq qoldiruvchi dori qabul qilishingiz ham mumkin. Boshni ortiqcha o‘y-hayollardan bo‘shatish, biroz bo‘lsada hotirjam bo‘lishga harakat qiling. Ko‘rsatish va o‘rta barmoq bilan chakka, peshona, bo‘yinning orqa qismini aylanma harakatlar bilan uqalash ham foyda beradi. Massaj qon aylanishini yaxshilaydi, spazmlarni yo‘qotadi. 10-15 daqiqa uqalash tavsiya etiladi.
Turli o‘tli tinchlantiruvchi damlamalar ham qo‘l kelishi mumkin. Uxlab olish og‘riqni yo‘qotishning eng samarali usuli.



Категория: SOG'LIK
Просмотров: 1965 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bosh og'rig'i
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное