Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qirg‘iziston prezidentining 19 yoshli qizi yashirincha turmushga chiqdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaevning 19 yoshli kichik qizi Aliya Shagiyev to‘rt yildan buyon uchrashib yurgan yigitiga yashirincha turmushga chiqdi. Qiz to‘y haqidagi ma’lumotlarni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” xabar berdi.
 
Aliyaning turmush o‘rtog‘i haqidagi ma’lumotlar unchalik ko‘p emas. Uning ismi Konstantin bo‘lib,  juftlikni bir-birlariga ularning do‘stlari tanishtirgan. 
 
“Men juftliklarning birgalikda tushgan ehtirosli suratlarini ko‘rsam xafsalam pir bo‘ladi, aynan shuning uchun 4 yil davomida Kostya bilan tushgan birorta suratimni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmadim. Shuningdek,  shaxsiy hayotimni ommaga ko‘z-ko‘z qilishni yotirmayman.   Ammo bugun u bilan ajoyib kunni birga o‘tkazish, suratga tushish hamda uni ijtimoiy tarmoqqa joylash yoqimli bo‘ldi. Iliq shamol. Biz endi er-xotinmiz va tabriklarni qabul qilishga tayyorman”, deydi “Qirg‘iziston malikasi”.
 
Ko‘pchilik Aliyani tabriklab, ikki yoshga oilaviy baxt tilamoqda.
 
Aliya Shagiyev dizaynerlik bilan shug‘ullanadi. U bir oy oldin bolalar uchun kiyim-kechak oshlab chiqarish bo‘yicha o‘z  kompaniyasini tashkil etdi. 
 
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaevning olti  farzandi bo‘lib, ularning uch nafari o‘g‘il va uch nafari qizdir.  Aliya dizaynerlik faoliyatini onasining familiyasida olib boradi. 
 
Qiziq, Atambaev farzandining o‘zboshimchaligiga jim qarab turaverarmikin?
Ruslan Sulaymonov

 



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 13570 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Qirg‘iziston prezidenti, 19 yoshli qiz, yashirincha turmushga chiqdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное