Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qiz bola tufayli chiqqan janjal 16 yoshli o`smirning o`limiga sabab bo`ldi


Kecha, 3 fevral kuni soat taxminan 23:40 Mirobod tumanida joylashgan Sarikul ko`chasida sodir bo`lgan janjal mudhish yakun topdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, ilgari sudlangan 22 yoshli Sulaymon S. va 19 yoshli Sergey F. bir qiz ustida talashib janjallashib qoladi. Shunda Sergey janjalda yordam so`rab o`rtoqlari 21 yoshli Serikbay K. va 16 yoshli Temur M.ni chaqiradi. Janjal natijasida Sulaymon S. Temurga pichoq urib voqea joyidan qochib ketadi. Tan jarohati olgan Temur M. shifoxonaga olib boriladi. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, jarohatlarining og`irligi sabab u vafot etadi.

Mazkur voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o`ldirish”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchi qo`lga olingan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4652 | Рейтинг: 0| Рейтинг: halok bo'ldi, o'smir, Qiz Bola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное